Donald Trampning xavfsizlik xizmati 2024 yilgi saylovoldi kampaniyasi çoğida huquq-tartibot organlari orqali Eron AQŞga «yer — havo» tipidagi raketalardan foydalaniş imkoniga ega maxfiy josuslarini kiritganidan xabar topgaç, favqulodda ehtiyot çoralarini qabul qilgan. Bu haqda 9 fevral kuni Axios naşri jurnalist Aleks Ayzenştadtning 18 mart kuni naşrdan çiqişi kutilayotgan «Revenge: The Inside Story of Trumpʼs Return to Power» nomli kitobiga tayanib xabar tarqatgan.

Ayzenştadt Trampning yordamçilariga asoslanib, siyosatçiga 2024 yil 15 sentabrda Floridada uyuştirilgan ikkinçi suiqasddan keyin xavfsizlik xizmati xörak-samolyotdan, ya’ni içida Tramp bölmagan samolyotdan foydalana boşlagan. Uning jamoasi eronliklar uning taniş oson bölgan, Trump Force One nomi bilan tanilgan xususiy samolyotini parvoz çoğida yoki qönayotganida urib tuşirişidan xavfsiragan.

Yakunda yordamçilarning aksar qismi navbatdagi saylovoldi tadbiriga Trump Force One bilan uçgan, Trampning özi esa öz dösti Stiv Uitkoffga (hozirda Trampning Yaqin Şarqdagi vakili) tegişli bölgan samolyotda parvoz qilgan. Yordamçilarning köpçiligi maxfiy reja haqida parvoz arafasidagina, Trampning oyna oldidagi joyi böşligini körganidan keyin xabardor bölgan. Ayzenştadtning sözlariga köra, xodimlarning ayrimlari agar samolyot urib tuşiriladigan bölsa, «töp yemi»ga aylanişdan xavotirlanib, ğazab otiga minişgan. Şu bilan birga, saylovoldi ştabi rahbarlari xodimlarni ular xörak sifatida foydalanilmasliklariga işontirişga uringan. Yordamçilar esa agar eronliklarning maxfiy josuslarida «yer — havo» tipidagi raketalar bor bölsa, ular nima uçun samolyotga çiqarilgani haqida savol berişgan.

Aleks Ayzenştadt qayd etişiça, AQŞ Maxfiy xizmati öşa kuni ikkita kortej taşkil etgan: ulardan birida Tramp, boşqasida — uning xodimlari ketişgan. Boşqa safar esa, jurnalistning ma’lumotiga köra, Maxfiy xizmat agentlari elektr magnit zambarak orqali Trampning kortejini kuzatgan uçuvçisiz uçar qurilmani işdan çiqargan.

The New York Times va The Washington Post gazetalari 2024 yil oktyabrda Trampning ştabi Eron tahdidi tufayli siyosatçini himoyalaş uçun harbiy vositalar söragani haqida xabar bergan. Ular harbiy aviatsiya, öq ötkazmaydigan oynalar söragan, şuningdek, Tramp qarorgohi hamda uning mitinglari ötkaziladigan joylar ustida parvozalarni çeklaşni kengaytirişni talab qilişgan. Trampning saylov poygasidagi raqibi Jo Bayden «amaldagi prezident» sifatida uni himoyalaş uçun qöriqçilar bilan ta’minlaşga buyruq bergan.

Bu voqealardan avvalroq Eron Donald Tramp birinçi prezidentligi davrida, 2020 yil yanvarida Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni Qosim Sulaymoniyni öldirişga buyruq bergani uçun undan qasos oliş bilan tahdid qilgandi. AQŞ adliya vazirligi 8 noyabr kuni korpus Trampni öldirişga tayyorgarlik körgani, ammo Federal qidiruv byurosi jinoyatçilarning rejasini yöqqa çiqarganini xabar qilgandi.