7 fevral kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi issiqxonalar atrofidagi havoni “me’yoridan oşmagan” deb e’lon qilgandi. Bu tarmoqlarda tanqid va kinoyalarga sabab böldi.

4 fevralda vazirlik mas’ullari OAV iştirokida Toşkent şahri va Toşkent viloyati bilan çegaradoş bölgan Toşkent halqa avtomobil yöli böylab 9 ta nuqtadan havoning ifloslanişi böyiça köçma laboratoriya tahlillari ötkazgan. Havoni ölçaş THAYda Eşonguzar aholi yaşaş punktidan Toşkent Pediatriya tibbiyot institutigaça bölgan hududlarda olib borilgan. Natijalarga köra, hududlarda PM2,5 va 10 ifloslantiruvçi moddalar miqdori belgilangan me’yordan ortiqça taşlanayotganligi holati aniqlanmagan. “Mavjud issiqxonalar faoliyati doimiy ravişda örganilib, issiqxonalarni isitiş uçun şina, sellofan, parranda göngi va boşqa zararli tutun çiqaruvçi aşyolardan foydalanilişining oldini oliş, şuningdek, issiqxonalar dudburonlariga davlat standartlari talablariga javob beradigan çang-gaz tozalaş uskunalari (filtr) örnatiş böyiça profilaktik tadbirlar olib borildi”, - deyilgan vazirlik rasmiy xabarida.

Şundan keyin turli tarmoq foydalanuvçilari vazirlik havo ölçovini körsatgan rasmda PM2,5 miqdori 209 mkg/m3 bölgani, bu esa IQAir platformasidagi me’yordan 40 baravar oşganini yozişgan. Servis havoni juda zararli deb körsatayotganini qöşimça qilişgan.

E’tirozlarga Ekologiya vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Tuşuntirilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda atmosfera havosida RM 2,5 zarralarining belgilangan me’yoridan 40 marotaba ortganligi töğrisidagi xabarda hisoblaş metodikalariga amal qilinmagan. Ya’ni unda 209 mg/m3 – bir martalik me’yorni JSSTning havo sifati böyiça tavsiyasining erişilişi mumkin bölgan eng yuqori örtaça yillik körsatkiçga – 0.005 mg/m3 (5 mkg/m3)ga böliş orqali hisoblangan.

Özbekistonda qabul qilingan Sanitariya qoidalari va normalarida esa PM2,5 bir martalik ölçaş me’yori belgilanmagan, uning kunlik me’yori - 0,06 mg/m3 va yillik me’yori -0,035 mg/m3 etib belgilangan.

Atmosfera havosidagi PM2,5 mayda dispersiyali zarraçalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi böyiça xalqaro me’yorlar

Milliy standart nega kerakligi haqida iqlimşunos Erkin Abdulahatov VatandoşTV klubida ötgan tadbirda izoh bergandi. Unga köra, PM2,5 tarkibi hamma davlatda ham bir xil emas. Qayerdadir ma’lum modda kam bölsa, qayerdadir köp. Şuning uçun hudud xususiyatidan kelib çiqib, bu standartni barça davlat özi belgilaydi.

Şuningdek, rasmiy bayonotda yuqori ifloslanişning şaharga kirib kelişiga unga tutaş 5 km hududda joylaşgan 1875 ga yaqin issiqxona sabab bölişi ta’kidlangan. “Toşkent şahriga kirib keladigan “Şamol guli” oqimining örtaça yillik 80 foizi issiqxonalar maksimal joylaşgan hududlar orqali ötadi. Havo haroratining pasayişi kuzatilayotgan kunlarda issiqxonalar maksimal ravişda joylaşgan hududda isitiş tizimlaridan foydalanilganligi hisobiga atmosfera havosiga ifloslantiruvçi moddalarning yuklamasi ortmoqda”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, noyabr-fevral oylarida 607 ta issiqxona örganilgan. Ulardan faqat 53 tasida çang-gaz tozalaş filtrlari örnatilgani aniqlangan. Lekin ular ham qölbola usulda işlab çiqarilgan bölib, samaradorligi 60 foizdan oşmagan. 199 tasida ekologik ekspertiza xulosalari olinmagani, 18 tasida kömirdan taşqari rezina qoldiqlari, şox-şabbalar va boşqa çiqindilar yoqilgani aniqlangan. Mazkur holatlar böyiça issiqxonalarning 154 tasiga nisbatan qat’iy jazo çoralari körilgan, jumladan, 95 tasi faoliyati töxtatilgan va 49 tasiga ma’muriy jarima qöllangan, 376 tasiga ekologik talablarga rioya etilişi böyiça körsatmalar berilgan.

Oldinroq Ekologiya vazirligi Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida şahar havosini ifloslayotgan bir qança omillarni sanab ötgandi. Ular orasida issiqxonalar ham bor.

Vazirlik vakili vaziyatni yaxşilaş böyiça sentabr oyida e’lon qilingan prezident qaroridagi ayrim bandlarni esladi. Qarorda Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi atrof-muhitga ta’sir körsatişning II toifasiga mansub bölgan sanoat korxonalarida çang-gaz tozalaş uskunalarini 2025 yilning noyabr oyigaça örnatiş belgilangan. Kömir bilan işlaydigan issiqxonalarda samaradorligi kamida 99,5 foiz bölgan sertifikatlangan çang-gaz tozalaş uskunalarini örnatiş uçun esa 2025 yilning oktyabrigaça muddat qöyilgan.