16-17 yanvar kunlari poytaxt havosidan yana nafas olib bölmay qoldi. Toşkent şahri atrofidagi issiqxonalar kömir, mazut yoqyapti va şamol ulardan çiqayotgan zaharli havoni şahar içiga qarab haydayapti, deb izoh berdi Ekologiya vazirligi Kun.uz’ga. Bundan taşqari, şahar içidagi xonadonlarda ham issiqxonalar bor. Bu esa poytaxt havosini yanayam ifloslayapti.
16-17 yanvar kunlari Toşkent şahri havosi iflosligi böyiça dunyoda 2-öringa çiqdi. Havo ifloslanişi nega tez-tez takrorlanayotgani va uni qanday yaxşilaş mumkinligi haqida Kun.uz Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligidan izoh söradi. Toşkent şahrida atmosfera ifloslanişining asosiy sabablaridan biri issiqlik markazlari va issiqlik elektr stansiyasida kömir va mazutdan foydalaniş bölib turibdi, deb izohladi vazirlikning atmosfera havosi muhofazasini ta’minlaş bölimi boş mutaxassisi Nozimbek Nosirov. Şu bilan birga, Toşkent şahri va viloyati çegarasida joylaşgan issiqxonalarda kömir yoqilğisidan foydalaniş ifloslaniş darajasini oşirib yuboryapti. Vazirlik kosmosdan kuzatganda, odamlar xonadonida ham issiqxonalar paydo bölgani köringani, bu esa vaziyatni yana ham oğirlaştirayotganini ma’lum qildi.

“Asosiy ifloslaniş Toşkent halqa avtomobil yöli atrofida bölganini köriş mumkin. IQAir platformasiga qaralsa, kunning eng ifloslangan vaqtida şamol yönalişi viloyat hududidan Toşkent şahriga qarab esgan. Şamol harakati şahardan taşqariga esgan kunlari ifloslaniş darajasi ham pasayadi. Agar kuzatilayotgan şamolning oqimi tez bölsa, bu bevosita yer sirtidagi mayda dispers zarraçalarning atmosfera havosiga kötarilişiga olib keladi va bu yuqori ifloslanişga sabab böladi”, – deb tuşuntirdi vazirlik mutaxassisi.
Kun.uz muxbiri şamol oqimiga qarab havo ifloslanişi haqida aholini erta ogohlantiriş tizimi bor-yöqligini söradi. Vazirlik vakili bunday ma’lumot berilmasligi, Özgidromet faqat noqulay ob-havo şaroitlari haqida ogohlantiriş berib borişini aytdi.
Şuningdek, Nosirov kuz-qiş mavsumida taşkilotlar va issiqxonalar töliq quvvatda işlaşni davom ettirgani uçun havo ilisa ham ulardan çiqadigan zahar kamayib qolmasligini qöşimça qildi.



“Xaritadagi qizil nuqtalarda, ya’ni katta halqa avtomobil yölining Hasanboy, Uç qahramon tomonlarida issiqxona joylaşgan hududlarda havo ifloslanişi ham yuqori böladi. Sariq belgilar bilan şahar atrofidagi issiqxonalar körsatilgan. U deyarli töliq kömir yoqilğisidan foydalanadi”, – dedi mas’ul.
Vazirlik vakili vaziyatni yaxşilaş böyiça sentabr oyida e’lon qilingan prezident qaroridagi ayrim bandlarni esladi. Qarorda Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi atrof-muhitga ta’sir körsatişning I toifasiga mansub bölgan sanoat korxonalarida çang-gaz tozalaş uskunalarini 2025 yilning noyabr oyigaça örnatiş belgilangan. Kömir bilan işlaydigan issiqxonalarda samaradorligi kamida 99,5 foiz bölgan sertifikatlangan çang-gaz tozalaş uskunalarini örnatiş uçun esa 2025 yilning oktyabrigaça muddat qöyilgan.
Kunlar soviyapti: Toşkent şahriga iflos havo yana qaytadimi?
Kun.uz muxbirining belgilangan muddatgaça issiqxonalar filtr örnatişga ulguradimi degan savoliga javoban vazirlik vakili uskunalarni xarid qiliş işlari boşlangani, bu böyiça monitoring natijalari bilan 2025 yilning har çoragida ma’lumot berib borilişini bildirdi.
Mas’ul şahar havosi ifloslanişida transport vositalarining ham uluşi kam emasligini aytdi. “Hozir şaharda röyxatdan ötgan 700 mingdan ortiq avtotransport vositalari bölsa, viloyatlardan yana 300 ming maşina kirib keladi. Bu esa ma’lum hududlarda ifloslaniş ortişiga sabab böladi”, – dedi u.
Vazirlik vakili muammoning kompleks yeçimi sifatida Transport, Energetika, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirliklari bilan hamkorlikda işlanayotganini aytib, jamoat transportiga köproq uluş beriş, elektromobillarga ötiş harakatlari ham muammoni yengillatişiga umid bildirdi.
Zuhra Abduhalimova,
Boymirza Halilov,
Kun.uz
















