Bugun, 11 fevral kuni Özbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kuni nişonlandi. Bu haqda prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva özining Telegram kanalida yozib qoldirdi.
«Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilişiça, Özbekistonda olimlarning 48 foizini ayollar taşkil etadi.
«Ularning izlanişlari, kaşfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxş etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini körsatadi. Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinçlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etiş yölida birgalikda harakat qilamiz», — deydi prezident yordamçisi.











