Pentagonning yangi rahbari Pit Hegset AQŞda hokimiyat almaşganidan keyin birinçi marta Yevropaga keldi. Ukrainaga yordam beriş guruhi yiğilişini u qat’iy bayonotlar bilan boşladi: diplomatik kelişuv natijasida Ukraina NATOga qöşilişi haqiqatga töğri kelmaydi (xuddi mamlakat 2014 yilgi çegaralariga qaytişi kabi), Kiyevni asosan Yevropa qöllab-quvvatlaşi kerak, AQŞ esa e’tiborni Yevropa xavfsizligidan boşqa mintaqalarga qaratişni rejalaştirmoqda. Bu — hali Ukrainadagi uruş taqdiri uçun muhim bölgan haftaning boşlanişi: Yevropa şaharlarida bir vaqtning özida bir neçta tadbirlar bölib ötmoqda, ularda AQŞning yangi rasmiylari ilk bor NATO böyiça ittifoqçilariga öz taşqi siyosat rejalari haqida şaxsan gapirib berişadi.
Ukrainaning NATOga a’zoligi masalasi
Bu hafta — köp jihatdan Ukrainaning kelajagi uçun hal qiluvçi hafta — Pit Hegset Pentagon rahbari sifatida birinçi marta Yevropaga taşrif buyurdi. Uning bu boradagi birinçi tadbiri Ukraina böyiça kontakt guruhi yiğilişi böldi — u köproq «Ramştayn» formati sifatida tanilgan. Önlab davlatlarni öz içiga oluvçi uşbu birlaşma 2022 yil bahorida AQŞ taşabbusi bilan taşkil etilgandi. Aynan uşbu guruh doirasida Kiyevga harbiy yordam körsatiş böyiça asosiy qarorlar qabul qilinadi.
Guruh yiğilişi Bryusselda NATO ştab-kvartirasida bölib ötdi. Birinçi marta uning raisi AQŞ emasdi — bu rolni Vaşingtonning iltimosiga binoan Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili öz zimmasiga oldi. Uçraşuvdan oldin Hegset jurnalistlar qarşisida sözga çiqdi va darhol bir neçta keskin bayonotlar berdi.
«AQŞ Ukrainaning NATOga a’zoligini diplomatik kelişuvlarning real natijasi deb hisoblamaydi», — dedi u öz nutqi avvalida. Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatning NATOga tölaqonli a’zoligi —xavfsizlikning yagona haqiqiy kafolati bölişini bir neça bor ta’kidlagandi. Biroq, alyans Ukrainani taklif qilişga şoşilmadi va AQŞ pozitsiyasi inobatga olinsa, endi bunday istiqbol çindan ham real bölib körinmayapti.
2014 yilgi çegaralarga qaytiş — imkonsiz
Pit Hegsetning mamlakatning 2014 yilgaça bölgan çegaralariga qaytiş imkoniyati yuzasidan ham Ukraina uçun tasalli beradigan fikr aytmadi.
«Biz ham Ukraina suveren va farovon bölişini istaymiz. Ammo tan olişdan boşlaş kerak: Ukrainaning 2014 yilgaça bölgan çegaralariga qaytiş — amalga oşirib bölmaydigan maqsad. Uşbu xayoliy maqsadga intiliş faqat uruşni uzaytiradi va köproq azob-uqubatlarga sabab böladi», — dedi Pentagonning yangi rahbari.









