Mutaxassislarga köra, yoğingarçilikning kamligi va iliq havo şaroiti sababli respublikada tuproqning 20-25 sm qatlamida namlik yetişmovçiligi kuzatilmoqda. Buning oqibatida ğallaning 10-15 foizi rivojlanişdan orqada boryapti. Agar zarur agrotexnik tadbirlar vaqtida olib borilmasa, hosildorlik kamayib ketişi ehtimoli bor.

AOKAda ğallaçilikda dolzarb agrotexnik tadbirlarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Unda Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori va mas’ullari joriy yilda ğallaçilikda kutilayotgan xavflar, ularning oldini oliş borasida amalga oşirilişi zarur bölgan tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2025 yil hosili uçun respublikada 1 mln 100 ming gektar maydonga ğalla ekilgan. Bu 2024 yilga nisbatan örtaça 10-12 ming gektarga kam körsatkiç. Ğalla maydonlari Andijon, Jizzax, Qaşqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida qisqargan.

Qişloq xöjaligi vazirligi bölimi boşliği Abdulla Mansurovga köra, qisqarişning asosiy sababi hosildorlik oşişi bilan boğliq. Biroq 2025 yilda kutilgan xirmonni kötariş ança maşaqqatli bölişi mumkin. Sababi, kuz-qiş faslining me’yorga nisbatan özgaruvçan kelgani ğalla rivojlanişiga salbiy ta’sir körsatmoqda. Oqibatda ğalla ekinlari tinim davriga töliq ötmay, ösişni davom ettirgan.

Yoğingarçilikning kamligi hamda quruq va iliq havo şaroiti tufayli tuproqning 20-25 sm qatlamida namlik yetişmayapti. Bu esa hududlardan kelib çiqib, boşoqli don ekinlarini optimal oziqlantiriş, suğoriş va öğitlaş bilan boğliq tadbirlarni ilmiy asoslangan holda ötkaziş zaruratini keltirib çiqarmoqda. Şundan kelib çiqib, ğalla maydonlari 3 guruhga ajratilib, fermer va dehqon xöjaliklariga eng maqbul agrotexnik tavsiyalar berilgan.

Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Şuhrat Otajonovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, yerlarning şörlanişiga ham çidamli va şörlikni boşqariş böyiça alohida yondaşuv kerak.

“Haqiqatda nitratlar köp işlatyapmiz. Ya’ni mineral öğitlar köp işlatilişi yillar davomida bölib kelgan va tuproqda nitrat miqdori nisbatan köp. Endi nimaga hozirgi holatda bunaqa savollar paydo böldi? Suv resurslarining çeklangani eng asosiy omil sifatida köriladi. Ilmiy asoslangan agrotexnologiyaga ötiş özining yaxşi samarasini beradi.

Bizning hududlarda 50 dan ortiq ilmiy tajriba stansiyalarimiz bor. Hududlarni örganiş jarayonida fermer xöjaliklarning bevosita maydonlarini köz bilan kördik. Uni 3 ta guruhga ajratdik. Ortda, örtaça va yaxşi rivojlangan hududlarda ğalla ekinlarining rivojlanişini kuzatdik. Ba’zi fermer xöjaliklarda ğalla maydoni vaqtida suğorilmagan yoki öğitlaş rejimi buzilgan. Bu 15-20 sentner hosildorlikni kamaytirişga ta’sir körsatgan holat. Zudlik bilan har bir guruhga mos öğitlaş va suğoriş agrotexnik tadbirlarini töğri va maqbul tarzda ötkazişni amalga oşiriş kerak. Agar buni vaqtida qilmasak, ertaga hosildorlikni 20 sentner yöqotiş ehtimoli bor”, deydi Şuhrat Otajonov.