Germaniyada bugun mudofaa sohasi muammolariga bağişlangan sammit — xavfsizlik böyiça 61-Myunxen konferensiyasi boşlanadi. Rossiya-Ukraina uruşi va ehtimoliy tinçlik muzokaralari tadbirdagi asosiy mavzulardan böladi.

Myunxenda AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiya va Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog hamda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kabi mehmonlar bor. Birinçi kuniyoq Zelenskiy Vens bilan uçraşuv ötkazişi kutilgandi, ammo uçraşuv Amerika tomoni taşabbusi bilan keyinga qoldirildi, ularga qöşimça hamkorlik memorandumini kelişiş uçun köproq vaqt talab etildi.

Myunxen konferensiyasidan oldinroq Tramp RF va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy bilan qönğiroqlaşib, uruşni yakunlaş böyiça muzokaralarni boşlaşga kelişib olinganini e’lon qilgandi. Xuddi şu vaqtda Yevropaga uçib kelgan Pentagon rahbari Pit Hegset Ukrainaning NATOga a’zo bölişi ham, mamlakat xalqaro tan olingan çegaralariga qaytişi ham noreal maqsadlar ekanini aytgandi — bu şunday pozitsiya ilk bor yuqori darajadagi rasmiy tomonidan yangraşi böldi. Bu Vaşington va Kiyevning Yevropadagi ittifoqçilari orasida xavotir uyğotdi, çunki Ukrainada tinçlik örnatiş böyiça ularning pozitsiyasi inobatga olinmasligi mumkin.

Sammit oldidan jurnalist bilan gaplaşgan Zelenskiy Tramp bilan istalgan vaqtda uçraşişga tayyorligini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, u AQŞning Ukrainani NATOga qabul qilişni istamasligini tuşunadi va bu masalani muhokama qilişga va agar Ğarb boşqa xavfsizlik kafolatlarini taqdim etsa, bunday qadamdan voz keçişga tayyor.

Şuningdek, Zelenskiy agar Ukraina NATOga qöşilmasa, Yevropa bilan birgalikda xavfsizlik tizimini rivojlantirişi va armiya miqdorini ikki baravar — bir yarim million kişigaça oşirişi zarurligini aytdi.

Ukraina prezidenti, şuningdek, Ğarbni Rossiyaning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik körişga çaqirdi. «Men razvedkadan olgan ma’lumotlarimga asoslanib, u kelasi yili NATO davlatlari bilan uruşga tayyorlanmoqda, deb hisoblayman», — dedi Zelenskiy Moskva Belarus hududida joylaştiriş uçun 15 ta diviziyani tayyorlayotgani haqidagi ma’lumotlarni keltirib.

Ehtimoliy tinçlik muzokaralaridagi «qizil çiziqlar» haqidagi savolga javob berarkan, Zelenskiy faqat bir narsani aytdi: uning sözlariga köra, Kiyev bosib olingan hududlarini yuridik jihatdan Rossiyaga tegişli deb tan olmasligi aniq. «Bu aniq qizil çiziq, bu Konstitutsiyada [belgilab qöyilgan]. Va buni faqat Ukraina xalqi hal qilişi mumkin», — dedi u.

Ukraina prezidenti, şuningdek, konferensiyadan söng Saudiya Arabistoni va Turkiyaga borişini aytdi — biroq bu taşriflar doirasida Rossiya yoki AQŞ vakillari bilan heç qanday uçraşuvlar közda tutilmaganini ta’kidladi. Avvalroq Saudiya Arabistoni Putin va Tramp uçraşuvini taşkillaştirişi mumkin bölgan davlatlar qatorida tilga olingan edi.