Ukraina faqat ukrainaliklardan taşkil topgan tinçlikparvar kontingentiga rozi böladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida jurnalistlar bilan suhbat çoğida aytib ötdi.

Uning qayd etişiça, Ukraina haqiqatan ham AQŞdan xavfsizlik kafolatlarini olişni xohlaydi.

«Va kontingent haqida gapirganda, bugun biz Yevropa kontingentiga tayyormizmi, degan savol berildi – men faqat ukrainaliklardan taşkil topgan kontingentga tayyor ekanligimizni aytdim», dedi Zelenskiy.

Uning sözlariga köra, bu odamlar qanday qurollarga ega böladi, degan savol tuğiladi.

«Ya’ni, agar bizda 150-160 ta F-16 samolyoti va 25 ta Patriot tizimi bölsa, unda bizga AQŞ yoki Yevropa askarlari nega kerak?», dedi prezident.

Uning qöşimça qilişiça, Ukrainaga AQŞ ittifoqçi sifatida kerak va tinçlikparvar kontingenti askarlari soni 100 mingdan oşişi lozim.

«Agar biz kontingent haqida gapiradigan bölsak – menda xarita bor, unda «çet elliklar – 110 ming» deb yozilgan», deb ta’kidladi Zelenskiy.