Sönggi vaqtlarda firibgarlar SIP texnologiyasidan foydalanib soxta telefon raqamlaridan fuqarolarga qönğiroq qilib, özini Markaziy bank, tijorat banki yoki tölov taşkiloti xodimi sifatida taniştirgan holda turli aldovlar bilan mobil qurilmalarga keladigan bir martalik tasdiqlovçi kodni qölga kiritişi, bank kartalaridagi pul mablağlarini noqonuniy özlaştirişi, şuningdek, ularning nomiga onlayn kredit (mikroqarz) rasmiylaştiriş holatlari avj olgan edi.

2024 yil 1 noyabrdan Markaziy bank jismoniy şaxslarga onlayn kredit ajratişga oid vaqtinçalik tartib, “muzlatiş davri”ni işga tuşirgandi.

Regulyator matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu vaqtinçalik tartib joriy etilgandan buyon (2025 yil 31 yanvar holatiga) kredit taşkilotlari tomonidan ajratilgan 347 mlrd söm miqdoridagi mablağ mijoz kredit olişga arizani firibgarlar ta’sirida berib, 48 soat davomida qöşimça tasdiqdan ötmagani hamda mablağlari sarflanmagani sababli tijorat banklari hisobiga qaytarilgan.

“Tahlillar natijasida onlayn kredit ajratiş böyiça vaqtinçalik tartib joriy etilgaç, mazkur turdagi firibgarliklar avvalgi davrga nisbatan kamayişi kuzatilmoqda. Biroq endilikda firibgarlar fuqarolar işonçiga kiriş uçun özlarini huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimi sifatida taniştirib, bank kartalaridagi mablağlarni “xavfsiz hisob”ga ötkazişga urinişlar köpaymoqda”, – deyiladi MB bergan ma’lumotda.

Markaziy bankning ma’lum qilişiça, vaqtinçalik tartibda belgilangan talablar doirasida 11 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya taşkiloti tomonidan onlayn kredit ajratiş yölga qöyilgan. Şu bilan birga, 9 ta tijorat banki tomonidan onlayn kredit ajratiş vaqtinçalik tartibga muvofiq yölga qöyilguniga qadar mobil ilova orqali uşbu xizmatni körsatiş töxtatildi.

Bundan taşqari, onlayn kredit ajratişda rioya qilinişi lozim bölgan körsatmalarga amal qilinmagani uçun Markaziy bank Bank nazorati qömitasi tomonidan 2 ta kredit taşkilotiga nisbatan jarima çorasi qöllandi.

Yangi tartib qanday işlaydi?

Ma’lumki, firibgarlar bir kunda bir neça bankdan bir fuqaro nomiga kredit rasmiylaştiradi. Şu sababli 2024 yil 1 noyabrdan e’tiboran kuçga kirgan talablarga köra, kredit taşkilotlari fuqaro kredit oliş uçun ariza yuborganidan keyin uning kredit byurolari ma’lumotlar bazasidagi kredit tarixini 2 bosqiçda (ariza tuşgandan söng va kredit mablağlari ajratilişidan oldin) tekşirişdan (skoring) ötkazişi kerak.