Rossiya hududiy yon berişi, şuningdek, qurolli kuçlarini qisqartirişi va kelajakda ulardan foydalanişdan voz keçişi kerak, dedi AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellogg.
Uning sözlariga köra, Britaniya, Polşa va Ukraina TIV rahbarlari bilan uçraşuv çoğida Ukraina ham «ba’zi narsalarda yon berişi» mumkin. Bundan taşqari, Kellogg Rossiyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalar hozir qançalik samarali ekanini ham baholadi.
«Ular 10 ballik tizim böyiça 6 ball darajasida. Lekin ularning amalga oşirilişi 3 ball darajasida. Iqtisodiyotga zarba beradigan sanksiyalar kerak. Biz buni Eron bilan ötmişda qilganmiz, biz bu mamlakatni çindan ham sindirgan sanksiyalarni qöyganmiz», deb ta’kidladi u.
Bundan taşqari, Kellogg Ukrainadagi uruş qaçon tugaşini taxmin qildi. «Prezident Tramp öz lavozimini 30 kundan kamroq vaqt davomida egallab turibdi va biz sönggi 30 kun içida oxirgi ma’muriyat uç yil içida erişganidan köra köproq muvaffaqiyatga erişdik», dedi u.









