Oqtov şahri hokimining xalqaro qidiruvga berilgan sobiq örinbosari Temur Saidvaqosov Özbekistonda qölga olindi.
Qayd etilişiça, sobiq amaldor noqonuniy ravişda Qozoğistonning Qirğiziston bilan çegarasini kesib ötgan, keyin esa Özbekiston hududiga ötayotganida mahalliy çegaraçilar tomonidan uşlangan.
Endi Saidvaqosov 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin — Özbekistonda bir guruh şaxslarning oldindan kelişgan holda davlat çegarasini buzib ötganligi uçun şu turdagi jazo belgilangan.
Hokim örinbosari Qozoğistonda Şimoliy-Qozoğiston viloyatidagi «Obuxovskoye» nodir metallar konini özlaştirayotgan «Tiolayn» kompaniyasi faoliyati bilan boğliq korrupsion jinoyatlarda gumonlanmoqda. Tergovning hisoblaşiça, korxona aksiyadorlaridan biri — Viktor Dolgalev öz biznesida qonunbuzilişlarga yöl qöygan, jumladan, noqonuniy tadbirkorlik bilan şuğullangan va yerosti boyliklaridan özboşimçalik bilan foydalangan.
Avvalroq sud hay’ati Dolgalevni oqlagan, ammo köp ötmay hukm bekor qilingan, iş esa boşqa viloyatga qayta körib çiqiş uçun yuborilgan. Tergov versiyasida qayd etilişiça, biznesmen öz muammolarini amaldorlar, jumladan, Saidvaqosov yordamida ham hal etib kelgan. Hokim örinbosari firibgarlik va pora berişga undaşda ayblanmoqda.
Gumonlanuvçilar qatoriga kiritilganidan xabar topgan hokim örinbosari yaşirinişga uringan, ammo endi u birdaniga ikkita davlatda ozodlikdan mahrum etilişi mumkin — Qozoğistonda korrupsion jinoyatlari uçun, Özbekistonda esa çegarani noqonuniy buzgani uçun.








