Daniya hukumati mudofaa ehtiyojlari uçun qöşimça 120 milliard krona (17 milliard dollar) sarflaş niyatida. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Troels Lunn Poulsenga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Daniya hukumatining rejalari haqida AQŞ prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlaridan mudofaa xarajatlarini oşirişni talab qilganidan keyin ma’lum böldi.
Vazirning sözlariga köra, xarajatlarning oşişi joriy va keyingi yilda Daniya mudofaasiga mamlakat YaIMning 3,2 foizi sarflanişini anglatadi. Bundan taşqari, mamlakatda an’anaviy tenderlardan voz keçgan holda qurollar sotib olişni tezlaştiriş va Qurolli kuçlarga mablağlarni nimaga sarflaşni mustaqil hal qiliş imkoniyatini beriş reja qilinmoqda.
«Sotib ol, sotib ol, sotib ol. Mudofaamizni hozir kuçaytirişi mumkin bölgan narsalarni sotib ol va şu orqali bizning tutib turiş imkoniyatimizni yaxşila. Eng yaxşisini sotib ololmasang, sifat böyiça ikkinçisini xarid qil», — deydi mudofaa vaziri bilan birga çiqiş qilgan boş vazir Mette Frederiksen.
Yanvar oxirlarida Daniya hukumati Arktika va Şimoliy Atlantikadagi mudofaa maqsadlariga, jumladan, Grenlandiya himoyasi uçun 1,66 milliard dollar investitsiya kiritmoqçi ekani ma’lum qilingandi. Daniya dronlar sotib oliş va qöşimça sun’iy yöldoş imkoniyatiga sarmoya kiritiş niyatida. Şuningdek, mamlakat törtta Thetis partul kemasini qurollanişga qabul qilişni rejalaştirgan.








