Manila şahri yaqinida joylaşgan Addişn-Xills qişloğida öldirilgan har beşta çivin uçun 1 pesodan (qariyb 220 söm) pul tölaş boşlandi, deb xabar beradi The Guardian.
Qayd etilişiça, şu orqali rasmiylar haşarotlar orqali tarqaladigan virus — denge bezgagiga qarşi kuraşga öz hissalarini qöşmoqçi.
Filippinda bezgak bilan kasallaniş holatlari ortmoqda. Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligining ma’lum qilişiça, birgina yanvar oyida 28 mingta yangi kasallik holati qayd etilgan — bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga köp.
Addişn-Xills taşabbusi milliy hukumat e’tiborini tortdi va ular bundan xursand emas. Soğliqni saqlaş vazirligi vakillarining ta’kidlaşiça, «çivin evaziga pul» dasturi aks natijani keltirib çiqarişi mumkin. Ular odamlar pul topiş uçun çivin köpaytirişni boşlab yuborişlari mumkinligidan xavotirda.








