AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellogg Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşuvdan söng ilk bayonotini berdi. U kunni mamlakat oliy rahbariyati bilan muloqotda ötkazganini ta’kidladi.
«Ukraina oliy rahbariyati bilan uzoq va tölaqonli muloqot kuni. Uruşdagi mamlakatning jasoratli rahbari Vladimir Zelenskiy va milliy xavfsizlikni ta’minlagan iste’dodli jamoasi bilan keng va ijobiy muhokamalar böldi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Kelloggning sözlari Zelenskiyning Kiyevda u bilan uçraşgandan keyingi birinçi bayonotiga javob böldi. Ukraina prezidenti sözlariga köra, Trampning maxsus vakili bilan uçraşuv mamlakat AQŞ bilan hamkorlikni davom ettirişiga «umidni tikladi».
«General Kellogg bilan biz frontdagi vaziyatni, Rossiyada saqlanayotgan barça harbiy asirlarimizni ozod qiliş zarurligini va aniq, işonçli xavfsizlik kafolatlari tizimi zarurligini muhokama qildik - bu uruş heç qaçon qaytmasligini va Rossiya endi odamlarni hayotdan mahrum etmasligini ta’minlaydi», dedi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.
19 fevral kuni AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellogg Kiyevga taşrif buyurib, prezident Zelenskiy bilan uçraşdi. Tomonlar muloqot yakuniga köra matbuot anjumanida iştirok etişi lozim edi. Biroq tadbir noma’lum sabablarga köra ötkazilmadi.
Avvalroq Ukraina prezidenti AQŞ maxsus vakili Kellogg Kiyevga taşrifi çoğida Ukraina fuqarolari va harbiy xizmatçilari bilan uruşni tugatiş masalasida Vaşingtonning töğri pozitsiyasini aniqlaşi kerakligi haqida ma’lum qilgandi. Zelenskiy sözlariga köra, Kelloggning özi Kiyev va boşqa şaharlarni kezib, xalq bilan şaxsan muloqot qilişi muhim.








