Yaponiyalik olimlar hidlarni aniqlaş qobiliyatiga ega maxsus antennali biohibrid dron işlab çiqdi.
An’anaviy dronlar navigatsiya uçun vizual sensorlardan foydalanadi, biroq bunday tizimlar yoruğlik kam, çang yoki nam şaroitlarda qiyinçiliklarga duç keladi. Bu çeklov dronlarning tabiiy ofatlardan zarar körgan va atrof yaxşi körinmaydigan hududlarda işlaşini murakkablaştiradi.
Yangi texnologiya gazlarni aniqlaş, tabiiy ofatlarga munosabat bildiriş va atrof-muhitni nazorat qilişda dronlarning samaradorligini oşiriş uçun biologik sezgir mexanizmlardan foydalanadi. Haşarotlarning tabiiy hid seziş qobiliyatini zamonaviy robototexnika bilan uyğunlaştirgan holda, tadqiqot guruhi an’anaviy dron texnologiyasidagi çeklovlarni bartaraf etişga muvaffaq böldi.
Kuya kabi haşarotlar özlarining hid biliş qobiliyatidan oziq-ovqat topiş, yirtqiçlardan qoçiş va juft izlaş uçun foydalanadi. Erkak kuyalar bir neça kilometr masofadan feromonlarni ilğay oladi, buning uçun ular hid manbaini aniqlaş jarayonidan foydalanadi. Uşbu tabiiy qobiliyatdan ilhomlangan holda, Sinsyu universiteti dotsenti Daygo Terutsuki rahbarligidagi tadqiqotçilar aynan şu mexanizmga taqlid qiluvçi dron yaratişga erişdi.
Dronning hidni aniqlaş masofasi 5 metrgaça yetadi.
Qurilmani gaz sizib çiqişi yoki boşqa xavfli moddalarni (portlovçi yoki giyohvand moddalarni) aniqlaş, yonğinlarni erta aniqlaş, şuningdek, oddiy vizual sensorlar samarali işlay olmaydigan ofat zonalarida qöllaş mumkin.







