Toşkent şahridagi noqonuniy qurilişlardan birida odam ölimi röy berdi. Voqea Yakkasaroy tumanida, 17 fevral kuni röy bergan.
Boş prokuratura ma’lumotiga köra, 1974 yilda tuğilgan erkak Askiya köçasida joylaşgan köp qavatli uy quriliş işlari olib borilayotgan binoga kirayotgan vaqtida, zinapoyadan toyib ketib bino yertölasiga tuşib ketgan va voqea joyida vafot etgan.
Holat böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea Askiya city turar joy majmuasida röy bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Quriliş inspeksiyasining ma’lum qilişiça, 2020 yil may oyida Askiya city'da olib borilayotgan quriliş işlari Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga zidligi aniqlangan. Ya’ni işlar quriliş inspeksiyasini xabardor qilmagan holda va belgilangan tartibda röyxatdan ötmagan tarzda boşlangan.
“2020 yil 27 mayda inspeksiya tomonidan quriliş işlarini töxtatiş böyiça yozma körsatma berilgan. Ma’muriy javobgarlikka tortilgan hamda quriliş-montaj işlari töxtatilgan.
Lekin 2024 yil 26 aprel kuni olib borilgan qayta tekşiruv jarayonida işlar davom etayotgani aniqlangan va quriliş mas’ullari çaqirtirilgan. Ammo ular quriliş obektiga kelmagan va talab qilingan hujjatlar taqdim etilmagan.
Şu sababli mazkur holat yuzasidan mahalla profilaktika inspektori iştirokida dalolatnoma rasmiylaştirilgan hamda tegişli tekşiruv işlari yakunlangan. Holatga huquqiy baho beriş uçun tegişli huquq-tartibot organlariga da’vo arizalari kiritilgan.
Bugungi kunda Toşkent şahar IIBB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan uşbu obekt böyiça jinoyat işi oçilgan. Şuningdek, obektda barça turdagi quriliş va montaj işlari töxtatilgan”, – deyiladi xabarda.








