Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukraina böyiça tinçlik kelişuvi şartlari va istiqbollarini muhokama qiliş uçun Vaşingtonga amalga oşirgan taşrifining birinçi kuni yakunlariga köra matbuot anjumani ötkazayotganida, Rossiyada keçqurungi soat 22:00 edi. Ammo Vladimir Putin şu mahalda hukumat a’zolari bilan nodir yerosti metallari böyiça yiğiliş boşladi.
Undan keyin esa Putin VGTRK muxbiri Zarubinga 20 daqiqalik intervyu berib, unda Rossiya va Ukraina örtasidagi harbiy mojaroning Amerika tomonidan hal qilinişi böyiça «trek»ni izohladi. Şuningdek, u Tramp ma’muriyatiga bir vaqtning özida köplab «kapital talab qiladigan» takliflar berdi.
«Biz amerikalik hamkorlarga, nafaqat hukumat tuzilmalariga, balki kompaniyalarga ham, agar ular birgalikda işlaşga qiziqiş bildirsa, taklif bildirişga tayyormiz. Bizda bunday turdagi resurslar (nodir yerosti boyliklari — «Novaya») Ukrainadagiga qaraganda bir neça baravar köp. Ular bizda şimolda ham, Murmanskda ham, Kavkazda ham, Kabardin-Bolqorda ham, Uzoq Şarqda ham, Irkutsk oblastida ham, Yoqutistonda ham, Tivada ham bor. Bu yetarliça kapital talab qiladigan investitsiyalardir».
U mamlakatlar hamkorlikda alyuminiy işlab çiqarişi mumkinligini aytdi: «Biz bu sohada Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qiliş haqida öylaşimiz mumkin. Masalan, sovetlar davrida Krasnoyarsk ölkasida yangi GES quriş va qöşimça alyuminiy işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş rejalari bor edi», — dedi u .
Rossiya prezidentining ta’kidlaşiça, uşbu loyiha «investitsion» bölişi mumkin. «Dastlabki hisob-kitoblarga köra, u bugungi narxlarda taxminan 15 milliard dollarga tuşadi yoki turadi. Lekin biz bu haqda öylab körişimiz mumkin», — deb tuşuntirdi u.
Rossiya Federatsiyasidagi nodir metallar haqida gapirarkan, Putin bugungi kunda mamlakatda ularni özlaştiriş böyiça yetarli işlar qilinmayotganini tan oldi. «Nodir, noyob tuproq metallari iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlari uçun juda muhim tarkibiy qism, juda muhim manba hisoblanadi. Va biz hozirça bu yönalişda kam iş qilyapmiz. Biz köproq iş qilişimiz kerak», — dedi u.
Şuningdek, Putin amerikaliklarga Rossiya «maxsus harbiy amaliyot» boşlanganidan keyin qöşib olingan «yangi tarixiy hududlar»dagi konlarni ham birgalikda özlaştirişni taklif qilgan.
(Tramp şu kungi matbuot anjumanida bu hududlarni Ukrainaga qaytariş oson bölmasligini, lekin — «voqealar rivojiga qaralişi»ni aytgandi.)









