Prezident Şavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantiriş, iş örinlari va investitsiyalarni köpaytiriş böyiça 2025 yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Qayd qilinişiça, viloyatda taşabbuskorlik kamligi uçun sanoat, savdo va xizmatlar rivojlanişdan orqada qolib ketyapti. Xususan, Sirdaryoda xizmat körsatiş sohasining respublikadagi uluşi eng past, kambağallik darajasi 11 foizdan köp, 22 ming nafar fuqaro işsiz.
Ta’kidlanişiça, Sirdaryo viloyatida investitsiyalarni köpaytirib, sanoat va biznes-muhitni yaxşilaş, kambağallikni qisqartiriş, şuningdek, viloyatning tranzit salohiyatidan unumli foydalaniş böyiça takliflar işlab çiqilgan.

Masalan, qariyb 900 gektar yer maydonida sanoat zonalari taşkil qilinişi möljallangan. Bu 5 milliard dollar investitsiyaga va 20 mingdan ortiq yangi iş örniga zamin böladi. Loyihalar Sirdaryo, Şirin, Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Guliston, Oqoltin va Sardobada joylaşadi.
Viloyat geografik jihatdan Özbekistonning markaziy qismida, bir neçta xalqaro avtomagistral kesişmasida joylaşgan bölib, bir keça-kunduzda 311 mingta transport vositalari ötadi. Şunga köra, tadbirkorlar bu yöllar böyida yuzlab savdo şoxobçalari oçişga tayyorligini bildirgan. Şu kabi 500 ming kvadrat metr savdo-servis maydoni taşkil etib, 50 ming odamning bandligini ta’minlaş imkoniyati bor.
Yer-suvi möl bu hududda paxta, şoli, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetiştiriş uçun katta salohiyat bor. Şu bois kartoşka, piyoz, maymunjon, qorağat va olça maydonlari kengaytiriladi. Tomorqa, dala va kanallar çetidagi 38 ming gektarga qayta işlovçi va eksportçilar biriktiriladi.

8 ta tumandagi past rentabelli 25 ming gektar yer şoli yetiştirişga ötkaziladi. Şoliçilik korxonalarini qöllab-quvvatlaş uçun mahsulotning 50 foizini eksport qilişga ruxsat beriladi.
Viloyatda mingdan ziyod xonadonning qurilganiga ellik yildan oşgan. Renovatsiya dasturi asosida, ularning örnida 15 ming xonadonli zamonaviy uy-joylar qurilişi közda tutilgan. Bu borada Marğilon şahri, Döstlik tumanidagi ijobiy tajribalar örganiladi.
Yangi xonadonlar arzon bölişi uçun developerlarga soliq, bojxona imtiyozlari beriladi. Şuningdek, viloyatdagi yöl, elektr, uy-joy, irrigatsiya, boğça, maktab va boşqa ijtimoiy obektlarni yangilaşga 100 million dollar yönaltiriladi.








