Navoiy viloyati YHXB Qiziltepa tumanida beşta transport vositasi iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasi töğrisida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 24 fevral kuni Qiziltepa tumani Toşrabot qörğoni «Qal’ai Azizon» MFY hududidan ötuvçi davlat ahamiyatiga ega 4R-63 avtomobil yölining 68-69-kilometrlar oraliğida N.U. ismli haydovçi Malibu rusumli avtomaşinasida içki köçadan harakatlanib çiqayotib, birinçi darajali yöldan kelayotgan Nexia-3 rusumli avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan.

Natijada, uşbu maşinalar yölning çekka qismida turgan Damas, Nexia-3 hamda Lacetti rusumli avtomaşinalarga kelib urilgan.

Örganişlar davomida uşbu YHT oqibatida biror-bir fuqaro tan jarohati olmagani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB tomonidan dastlabki suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda ikkita Nexia-2, Labo va SWM G01 transport vositalari iştirokida avariya sodir bölgani töğrisida xabar berilgandi. Şuningdek, Toşkent şahrida ham Malibu-2, Cobalt, BYD va Onix transport vositalari iştirokida yöl-transport hodisasi yuz bergan edi.