Berlin federal yeri Senati, ya’ni hukumati tarkibidagi ikki idora kiberhujumga uçradi. Bu haqda 17-avgust kuni Berlin Senati kanselyariyasi ma’lum qildi.
Rasmiylarga köra, tizimga buzib kirişga uriniş ötkazilgan raqamli-kriminalistik ekspertiza davomida aniqlangan.
Hujum Berlinning şaharsozlik, quriliş va uy-joy masalalari böyiça idorasi, şuningdek, mobillik, transport, atrof-muhit va iqlimni muhofaza qiliş masalalari böyiça idorasiga ta’sir körsatgan.
Germaniyaning rbb teleradiokompaniyasi ma’lumotiga köra, xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida har ikki idora 14-avgust kuni Berlin federal yerining raqamli tarmoğidan uzib qöyilgan.
Hozirça kiberhujum aynan 14-avgust kuni sodir bölgani yoki rasmiylar uni şu kuni aniqlagani oçiqlanmagan.
Berlin Senati kanselyariyasi hujumga uçragan har ikki idora öz faoliyatini davom ettira olayotganini bildirgan. Biroq rbb ma’lumotiga köra, 14-avgust keçqurunidan boşlab ular internetdan butunlay uzilgan.
Ayni paytda idoralar bilan asosan telefon orqali boğlaniş mumkin. Xodimlarga masofadan, ya’ni uydan turib işlaş imkoni yöqligi ham ma’lum qilingan.
Muhim ma’lumotlar öğirlangan bölişi mumkin
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hujumçilar Berlin federal yeri raqamli tarmoğiga kiriş uçun şaharsozlik, quriliş va uy-joy masalalari idorasining raqamli infratuzilmasidagi zaiflikdan foydalangan bölişi mumkin.
Rbb aniqlaşiça, kiberhujumdan zarar körgan ikki idora raqamli infratuzilmaning muayyan qismidan birgalikda foydalangan.
Şu bilan birga, ular Berlin federal yeri tarmoğidagi öz segmentlarini mahalliy IT xizmatlarini körsatuvçi ITDZ kompaniyasining bevosita iştirokisiz boşqarib kelgan.
Rbb manbalarining bildirişiça, kiberhujum oqibatida «qisman öta muhim va maxfiy ma’lumotlar» öğirlangan. Biroq qanday ma’lumotlar qölga kiritilgani va ularning hajmi haqida hozirça batafsil axborot berilmagan.
Berlin Senati matbuot kotibi Kristine Rixter Tagesspiegel naşri söroviga javoban tergov işlari davom etayotganini bildiriş bilan çeklangan.







