NAPOLI – INTeR (1 mart, 22:00)

Uzoq yillik tanaffusdan söng «Inter»ni mamlakat çempioniga aylantirgan Antonio Konte endi «Napoli» boşida turib sobiq jamoasiga qarşi çempionlik bahsini ötkazadi. Romelu Lukaku ham sobiq jamoasiga qarşi. Umuman olganda, bu öyinda mana şunday qöşimça intrigalar olib keliş ham şart emas, zero bizni tom ma’noda çempionlik bahsi kutib turibdi. «Inter» 57 oçko bilan jadvalni boşqarib kelayotgan bölsa, «Napoli»da bir oçko kam, ya’ni ğalaba qozonib yakka peşqadamga aylanişi mumkin. Durang ham har ikki jamoani qoniqtirmaydi, çunki u holda ayni paytda 54 oçkoga ega bölgan «Atalanta» ham maksimal darajada yaqinlaşib kelişi mumkin. «Atalanta» ikki hafta ötib «Inter»ni qabul qilişini ham unutmaslik lozim.

Bulardan taşqari, çempionlik kuraşda milanliklar uçun yana bir noqulaylik borki, ayni damda pozitsiyani boy beriş zinhor kerak emas. Sababi, «Inter» Çempionlar Ligasida kuraşni davom ettirmoqda, bu öyindan uç kun ötib ham «Feyyenord» bilan muhim uçraşuv kutib turibdi. «Napoli» va «Atalanta» esa yevrokuboklarda emas, bor imkoniyatini A Seriya çempionligiga qaratiş imkoniyatiga ega. Buning ustiga Italiya kubogida ham yarimfinalda aynan «Inter» bölib, raqobatçilari bu turnirdan ham çiqib ketişgan. Ya’ni şu şartlarda ham «Inter» sovrin uçun kuraşda sönggi turlargaça bora olsa, juda katta matonat körsatgan böladi.

Jarohatlarga töxtaladigan bölsak, mehmonlar darvozasini Yan Zommer qöriqlay olmaydi, jarohat olgan. Ammo sönggi ikki öyinda Xosep Martines özini juda yaxşi körsatayotganini ham ta’kidlaş kerak. «Jyenoa» va «Latsio»ga qarşi öyinlarda milanliklar darvozasini qöriqlagan ispaniyalik darvozabon hali birorta ham gol ötkazib yubormadi, «Latsio» bilan öyinda esa eng yaxşi deb topildi. Şuningdek, Darmian, Zelevski va Augusto mehmonlar safida öynay olmasa, «Napoli» murabbiyi Andre Zambo-Angissaning yordamidan foydalana olmaydi. David Neresda ham jarohat bor.

Özaro öyinlarga töxtaladigan bölsak, tenglikni köramiz – oxirgi 36 öyinda har ikki tomonda 12 tadan ğalaba va şunça öyin durang bilan yakunlangan. Eng oxirgi ikki öyin ham bir xil 1:1 hisobida bilan yakunlanganini ham ta’kidlaş lozim. A Seriyadagi statistik körsatkiçlarga e’tibor bersak, har ikki jamoa asosan himoyadagi öyini böyiça ham yetakçilik qilayotganini köramiz – eng kam ötkazib yuboriş böyiça ham, quruq öyinlar borasida ham bu jamoalar kuçli uçlikda bormoqda. Ammo bu fakt uşbu öyinning zerikarli va himoyaviy ötişidan dalolat qilmasligini ham aytgan bölardik. Masalan, «Inter»ning himoyaviy körsatkiçlari yuqori bölgan boşqa bir jamoa «Yuventus»ga qarşi öyinida gollar kam urilgan bölsa-da, juda hujumkor va qiziqarli öyin guvohi bölgandik.