Oq uydagi dahanaki jang, Ramazonda Al-Aqsoga qöyilmayotgan falastinliklar va AQŞda statusi kuçayayotgan ingliz tili - kun dayjesti
|19:47 / 01.03.20257 55410 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Isroil Al-Aqso masjidiga kirişni çeklamoqda
Isroil Ramazon oyida falastinliklar uçun Al-Aqso masjidiga kirişda yangi çeklovlar joriy qilişni rejalaştirmoqda.
Okkupatsiya ostidagi Şarqiy Quddusda keskinlik ortib borar ekan, Isroil hukumati Ğazodagi otaşkesim kelişuvlari doirasida hibsdan ozod qilingan falastinliklarni masjidga kirişdan butunlay çeklaş haqida qaror qabul qildi.
Isroil matbuotining xabar berişiça, Al-Aqso masjidi atrofiga 3 mingga yaqin politsiyaçi joylaştiriladi.
Şuningdek, Ğarbiy sohilda yaşovçi falastinliklardan faqat 10 ming nafariga masjidga kirişga ruxsat beriladi. Masjidga kirişga ruxsat olganlar ham faqat 55 yoşdan oşgan erkaklar va 50 yoşdan oşgan ayollar bölişi talab qilinadi.
Tramp va Zelenskiy muzokarasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Ukraina va AQŞ prezidentlari juma kuni Oq uyda keskin bahslaşgan holda muzokara ötkazdi va Ukraina tabiiy resurslaridan foydalaniş böyiça kelişuv imzolanmaydigan böldi.
Tramp muzokaralardan keyingi bayonotida Zelenskiyni «tinçlikka tayyor emas» deb hisoblaşini aytdi va u vaziyat özgarganda qaytib kelişini ta’kidladi.
Prezidentlar va AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens matbuot iştirokida suhbatni boşlab, tez orada keskin bahsga aylantirib yuborgan. Tramp va Vens Zelenskiyni «AQŞga yetarliça minnatdorçilik bildirmayotganlikda» aybladi va uning Rossiyaga qarşi kuraşi faqatgina amerikaliklarning yordami tufayli keçayotganini urğuladi.
Tramp yana bir bor uruş uçun Ukraina javobgar ekanini ta’kidladi va Zelenskiyni tinçlikka intilmaslikda aybladi.
Zelenskiy esa Rossiya prezidenti Vladimir Putinga işonib bölmasligini bildirdi va yana bir bor AQŞdan xavfsizlik kafolatlarini talab qildi. Tramp esa bu talabga «tinçlik kelişuvidagi 2 foiz» deb javob qaytardi.
Zelenskiy Tramp bilan muzokaralardan keyin Oq uyni muddatidan oldin tark etdi.
AQŞ va Ukraina yetakçilarining matbuot anjumani ötkazilmaydigan böldi. Şuningdek, nodir foydali qazilmalar böyiça imzolanişi kerak bölgan bitim bekor qilindi.
Mavzuga oid
Oq uydagi dahanaki jang nimadan kelib çiqdi?
Ikki tomonlama muzokara davomida Tramp «Muammo şundaki, siz kuçli yigit bölişingiz uçun men sizni qurollantirdim. Menimça, AQŞsiz siz bunday yigit böla olmasdingiz. Odamlaringiz jasur, lekin siz ham kelişuvga könişingiz kerak yoki biz ketamiz. Agar biz ketsak, yaxşi bölmaydi. Buni tezda körasiz. Sizda kuzir qarta yöq. Lekin kelişuvni imzolasak, siz ança yaxşi pozitsiyada bölasiz. Lekin siz minnatdor bölmayapsiz. Bu yomon, oçiğini aytganda», dedi.
«Putin öt oçişni töxtatiş şartlarini buzdi, odamlarimizni öldirdi, asirlarimizni almaşmadi. Biz asir almaşiş böyiça kelişuv imzoladik, lekin u şartga amal qilmaydi. Qanaqa diplomatiya haqida gapiryapsiz?» dedi Zelenskiy.
Suhbatga Jyey Di Vens aralaşdi: «Men mamlakatingizni yöq bölişdan asrab qoluvçi diplomatiya haqida gapiryapman», degan u va söngra Trampga yuzlangan: «Janob prezident, hurmatni saqlagan holda aytiş kerakki, Oval kabinetga kelib OAV huzurida bunday bahslaşiş hurmatsizlikdir. Hozirgi pallada yigitlar, sizlar çopib armiyaga çaqiriqni kuçaytiryapsizlar, çunki ikkalalaringda ham frontda muammo bor».
«Ukrainaga keling, muammolarimizni körasiz», degan Zelenskiy.
Vens hammasini onlayn körgani, odamlar propaganda turlariga borayotganini pisanda qilgan. «Sizda çaqiriq bilan boğliq muammolar borligini inkor etasizmi? Siz Oval kabinetga kelib, mamlakatingiz yöq bölişining oldini olmoqçi bölayotgan ma’muriyatga hujum qilyapsiz», degan u.
«Mening köp savollarim bor, keling boşidan boşlaymiz. Birinçidan, uruş vaqtida hammada muammo böladi. Hattoki sizda ham, lekin ajoyib okeaningiz bor, muammolarni hozir emas, kelgusida his qilasizlar», degan Zelenskiy.
Bu gap Trampni ğazabga keltirgan: «Bizning nimalar his qilişimizni gapiriş sizga emas. Siz unday vaziyatda emassiz, sizning qölingizda qartalar yöq. Siz uçinçi jahon uruşini örtaga tikib, qimor öynayapsiz».
«Men gapirsam maylimi, janob prezident?» deya Zelenskiy uning sözini bölişga uringan.
«Yöq, siz şundoq ham köp gapirib yubordingiz. Siz bu mamlakatdan minnatdor bölişingiz kerak. Mamlakatingiz katta muammolar girdobida. Anavi ahmoq prezident sizga 350 mlrd pul bergan. Biz mamlakatingizni qutqarib, uruşni töxtatmoqçimiz. Siz bizga «öt oçişni töxtatişni istayman yoki istamayman», deya olmaysiz. Bizsiz sizning qölingizda kuçli qarta yöq.
«Men bu yerga qarta öynagani kelganim yöq», degan Zelenskiy.
«Bizning qurollarimiz va texnikalarimiz bölmaganida, uruş ikki haftada tugagan bölardi», deya minnat qilgan Tramp.
«Putindan uç kun haqida eşituvdik, endi ikki hafta tilga olindi. Bu televideniye uçun ajoyib şou böladi», deya Zelenskiy örnidan turgan.
Oq uy jurnalistlari bunday keskin bahs avval kuzatilmaganini ta’kidlamoqda.
Bungaça Fox News jurnalisti nega Zelenskiy oliy darajadagi uçraşuvga kostyumsiz kelganini söragan. Zelenskiy bunga javoban uruş tugaganidan söng kostyum kiyaman, degan. Reportyor, öz kostyumini körsatib, «şunaqasidanmi?» deb sörasa, Zelenskiy: «Balkim şunaqadir, balkim zörroqdir, balkim bundan arzon bölar», deb uni ham çaqib olgan.
Yevropa yetakçilari Zelenskiyni qöllab-quvvatlaşdi
Oq uyda Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp örtasidagi keskin tortişuvdan söng Ukraina prezidenti AQŞga taşrifini muddatidan avval yakunladi. Yevropaning yetakçi siyosatçilari Kiyevga bir ovozdan qöllab-quvvatlaş bildirişdi.
Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes va Litva prezidenti Gitanas Nauseda birinçilardan bölib «Ukraina, sen heç qaçon yolğiz qolmaysan», deb yozişdi.
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen: «Kuçli, jasur va qörqmas böling. Biz Ukraina bilan birgalikda adolatli va barqaror tinçlik yölida işlaşda davom etamiz», dedi.
Yevropa Ittifoqi taşqi işlar rahbari Jozep Borrel «Vaşingtondagi mojarodan söng Ukrainaga harbiy yordamni kuçaytirişni va’da qilamiz», deb yozdi.
Portugaliya boş vaziri: «Ukraina bizning qöllab-quvvatlaşimizga işonişi mumkin» dedi, Çexiya prezidenti Petr Pavel esa «Biz Ukrainaga har qaçongidan ham kuçliroq yordam bermoqdamiz. Yevropa öz harakatlarini kuçaytirişi lozim» deb yozdi.
Germaniyaning ehtimoliy kansleri Fridrix Mers: «Aziz Volodimir Zelenskiy, biz Ukraina bilan yaxşi va oğir damlarda ham birgamiz. Bu dahşatli uruşda agressor va jabrdiydani adaştirib bölmaydi», deb yupatdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Zelenskiy va Tramp örtasidagi tortişuvga munosabat bildirdi:
«Biz hammamiz vaziyatni yaxşi tuşunamiz. Agressor — bu Rossiya. Hujumga duçor bölgan davlat esa Ukraina. Biz 3 yil avval Ukrainaga yordam beriş va Rossiyaga qarşi sanksiya joriy etişda töğri qaror qildik va hozir ham şunday yöl tutyapmiz. Bu kuraş – faqat Ukraina uçun emas, balki Yevropa xavfsizligi uçun ham muhim», deb yozdi Makron.
Financial Times naşrining xabariga köra, Tramp va vitse-prezident Jyey Di Vens Zelenskiyni muzokaralarda zaif holatga tuşiriş uçun unga bosim ötkazişni rejalaştirgan. CNN ma’lumotiga köra, mojarodan söng Tramp Oval kabinetda maslahatçilari bilan şoşilinç yiğiliş ötkazgan.
AQŞda ingliz tili rasmiy til böladimi?
Donald Tramp prezidentlikka qaytiş holatida ingliz tilini rasmiy maqomga ega deb e’lon qiliş haqida farmon imzolaşni rejalaştirmoqda.
The Wall Street Journal gazetasining xabar berişiça, bu qaror mamlakat hukumat faoliyatini samaraliroq qiliş va jamiyatda birdamlikni ta’minlaş maqsadida qabul qilinmoqda.
Farmon, şuningdek, 1990-yillarda sobiq prezident Bill Klinton tomonidan qabul qilingan qoidani bekor qiladi. Unga köra, davlat agentliklari va federal moliya oladigan taşkilotlar ingliz tilini bilmaydigan şaxslarga tarjima xizmatlari körsatişi şart edi.
Şu bilan birga, hukumat idoralari va taşkilotlar istasa, hujjat va xizmatlarni ingliz tilidan taşqari boşqa tillarda ham taqdim etişlari mumkin.
Donald Tramp öz saylovoldi kampaniyasi davomida migrant talabalar sinfxonalarda ingliz tilini bilmagani uçun muloqot qila olmasligi masalasidan xavotir bildirgandi. U bir neça bor AQŞ aholisi bir xil tilda — ingliz tilida gaplaşişi kerakligini ta’kidlagan.
Tramp surati tuşirilgan dollar?
AQŞda 250 dollar qiymatidagi Donald Tramp surati joylaştirilgan dollarni bosib çiqariş taklifi bildirildi.
Bunday taşabbusni Janubiy Karolinadan saylangan respublikaçi kongressmen Jo Uilson ilgari surgan.
«Men Gravirovka byurosi va bosmaxonasiga Tramp surati tuşirilgan 250 dollarlik banknota yaratiş haqida qonun loyihasini işlab çiqyapman. Bayden inflatsiyasi iqtisodiyotni yemirdi, bu esa amerikaliklarni köproq naqd pul olib yurişga majbur qilmoqda», — deb yozdi Uilson X ijtimoiy tarmoğida.
Biroq AQŞda 1866 yildan beri amal qilayotgan qonunga köra, tirik odamlarning tasvirlarini banknot va tangalarga joylaştiriş taqiqlangan.