Vens mağlubiyatda Eron uruşini aybladi

AQŞda oraliq saylovlardagi mağlubiyatdan söng respublikaçilar orasida Eron uruşi böyiça kelişmovçiliklar yuzaga çiqa boşladi. 4-noyabr kuni vitse-prezident J.D. Vens – prezident Donald Trampning Eronga qarşi uruşidan oçiq uzoqlaşdi.

3-noyabr kuni bölib ötgan saylovlarda demokratlar Kongressning ikkala palatasi, yaʼni Senat va Vakillar palatasi ustidan nazoratni qölga kiritdi.

2028-yilgi prezidentlik saylovlarida asosiy daʼvogarlardan biri hisoblangan Vens esa uruşning bahosi özini oqlaganiga şubha bildirdi. U mağlubiyat uçun aynan uruşni aybladi. «Yutqazişimizning sababi – uruş. Agar bu uruş arziganini, Senatni kelgusi 6 yilga boy beriş arziganini daʼvo qilmoqçi bölsangiz, qilavering», deb yozdi Vens.

Tramp esa jurnalistlarga Vensning gaplarini yaxşi deb bilişini va uning fikrini tuşunişini aytdi. Biroq Oq uy rahbari uruşni oqlab, u Eronning yadroviy qurolga ega bölişining oldini olganini taʼkidladi. Trampning fikriça, uruş mağlubiyatning bir neçta sababidan biri xolos.

Vensning bayonoti Tramp Eronga qarşi yirik harbiy amaliyotlarni qayta boşlaşni öylayotgan paytga töğri keldi. Ötgan haftada AQŞ Markaziy qömondonligi prezidentga şu böyiça variantlarni taqdim etgan. Manbalardan biri Tramp saylovlar tufayli hujumni keçiktirganini va endi Eronni bombalaşni rejalaştirayotganini aytgan. Biroq AQŞ razvedkasi baholariga köra, yangi zarbalar Tehronning muzokaralardagi pozitsiyasini tubdan özgartirmaydi va rejim almaşişiga olib kelmaydi.

Suriya-Saudiya mudofaa bitimi

4-noyabr kuni Suriya prezidenti Ahmad aş-Şarʼa va Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon iştirokida Ar-Riyodda bir qator kelişuvlar imzolandi.

Bu Aş-Şarʼaning bir oy kamroq vaqt içida Ar-Riyodga ikkinçi taşrifidir. Suriya TIV ikki davlat mudofaa vazirliklari örtasidagi bitimni kelişuvlarning eng muhimi deb atadi, biroq uning şartlarini oşkor qilmadi.

Bir neça kun oldin Suriya taşqi işlar vaziri mamlakat Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston örtasidagi özaro mudofaa pakti – Makka paktiga qöşilişni körib çiqayotganini aytgandi.

Taşrif davomida Saudiya taraqqiyot jamğarmasi Suriyaga yengil şartlarda 403 million dollar qarz ajratişga kelişdi. Saudiyaning rasmiy SPA agentligiga köra, mablağlar soğliqni saqlaş, uy-joy, fuqaro muhofazasi, energetika va içimlik suvi tizimlarini tiklaşga yönaltiriladi.