28 fevral kuni Oq uyda AQŞ va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy örtasida uçraşuv bölib ötdi, unda tabiiy resurslar böyiça kelişuv imzolanişi kutilgan edi.

Uçraşuv davomida Tramp, Zelenskiy va vitse-prezident Jyey Di Vens jurnalistlar köz öngida dahanaki bahsga kirişdi. Şundan söng uçraşuv töxtatildi va kelişuv imzolanmadi. Tramp Zelenskiyga «tinçlikka tayyor bölganida qaytiş»ni taklif qildi.

Amerika naşlari uçraşuvdan söng darhol bu bahslaşuv AQŞ tomonidan Ukrainaga yordam körsatilişini şubha ostiga qöygani haqida yozişni boşladi.

The Washington Post naşri şaxsi sir qolişini istagan yuqori martabali mulozimga tayanib, Oq uy hozirgi harbiy ta’minotni töxtatiş imkoniyatini körib çiqayotganini yozdi. Agar tegişli qaror qabul qilinsa, u umumiy qiymati milliardlab dollar bölgan radarlar, transport vositalari, öq-dorilar va raketalarga taalluqli böladi.

Naşr suhbatdoşi ta’kidlaşiça, bu variant Zelenskiyning Oq uydagi bayonotlari va «tinçlik jarayonidagi murosasizligi»ga javob sifatida körib çiqilmoqda.

The News York Times manbalari xabar berişiça, AQŞ Ukrainani qöllab-quvvatlaşni, jumladan, razvedka ma’lumotlarini almaşiş, ukrainalik harbiylar va uçuvçilarni tayyorlaş kabi bilvosita yordamni butunlay töxtatişi mumkin. «Tramp har qanday keyingi yordamni bosim dastagi sifatida köradi», — deb yozadi naşr.

NYT suhbatdoşlaridan biri ta’kidlaşiça, yaqin kelajakda Jo Bayden ma’muriyati tomonidan ruxsat berilgan va tölangan öq-dorilar va jihozlarning sönggi paketlari ham bekor qilinişi mumkin.

Öz navbatida, CBS News manbalari endi Oq uydagilar AQŞ harbiy harakatlarni töxtatişda vositaçi bölib qolişiga şubha qilişayotganini aytdi. Şu bilan birga, telekanal suhbatdoşlari ta’kidlaşiça, Tramp «Ukrainadagi rejimni özgartirişga intilmayapti» va Vaşingtondagilar AQŞ uçun Zelenskiydan köra afzalroq prezident kim bölişi mumkinligini muhokama qilişmayapti.

Tramp Zelenskiyni «jang qiliş, jang qiliş va jang qiliş»ni davom ettiriş istaşda aybladi