Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Yevropa davlatlarining Ukrainadagi vaziyat böyiça sammiti boşlanişidan oldin Buyuk Britaniya va Fransiya Ukraina bilan «harbiy harakatlarni töxtatiş rejasi» ustida işlaşi, keyin esa uni Qöşma Ştatlar bilan muhokama qilişini aytdi.

Yevropaning eng yirik davlatlari rahbarlari iştirokidagi London sammiti Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Oq uyda Donald Tramp bilan ommaviy janjalidan ikki kun ötib bölib ötmoqda.

Yevropa yetakçilari AQŞ tomonidan Kiyevga harbiy yordamni töxtatiş tahdidi va Kiyev va Vaşington örtasidagi munosabatlar keskin sovuqlaşişi fonida Ukrainani qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş va uruşni töxtatiş böyiça qadamlarni muhokama qilişi kutilmoqda.

Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga tinçlikparvar kuçlarni yuborişga tayyorligini bildirgan, biroq ular AQŞdan yordam söramoqda - Rossiya esa bu rejaga qat’iyan qarşi.

Starmer BBC uçun intervyusida hozir uning «asosiy maqsadi» Zelenskiy va Tramp örtasida «köprik» böliş ekanini aytdi.

Boş vazirning aytişiça, Oq uyning Oval kabinetidagi mojarodan köp ötmay, u AQŞ prezidentiga ham, Ukraina prezidentiga ham qönğiroq qilgan. «Mening reaksiyam şunday edi: biz köpriklar qurişimiz kerak, birgalikda işlaş yölini topişimiz kerak. Çunki nima bölganda ham biz uç yillik qonli mojaroni boşdan keçirdik va endi mustahkam tinçlikka erişişimiz kerak», — degan Starmer.

Starmer Ukrainada tinçlikni ta’minlaş uçun zarur bölgan uçta asosiy şartni sanab ötdi — Kiyevning kuçli pozitsiyasi, Yevropaning xavfsizlik kafolati va Amerika qöllab-quvvatlovi. «Barbod böladigan bitim bölişi kerak emas va aynan şu Zelenskiyni taşvişga solmoqda», — deya qöşimça qiladi u.

Starmer Zelenskiy «Oq uyda notöğri iş qildi» deb hisoblamasligini aytdi. Ammo AQŞ prezidenti ham, uning fikriça, haqiqatan ham Ukrainada mustahkam tinçlikka erişmoqçi. U AQŞning amaldagi prezidentiga işoniş mumkinligiga işonasizmi, degan töğridan töğri savolga «ha» deb javob qaytargan.

Şuningdek, u Zelenskiyga ham işoniş mumkinligi, ammo Rossiya prezidenti Vladimir Putinga esa işonib bölmasligi va aynan şuning uçun AQŞ har qanday tinçlik bitimi uçun xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişi kerakligini ta’kidladi.

AQŞ va Ukraina örtasidagi muzokaralarda ham asosiy tösiq Zelenskiy talab qilgan xavfsizlik kafolatlari böldi.