Moskva va Vaşington vakillari iştirokida muzokaralarning birinçi raundi 18 fevral kuni Saudiya Arabistonida bölib ötgandi. CNN ma’lumotlariga köra, hozirda ikkinçi raundga tayyorgarlik körilmoqda va u ham Fors körfazi davlatlaridan birida bölib ötadi.
Qayd etilişiça, ikki davlat prezidentlarining uçraşuviga tayyorgarlikni tezlaştiriş masalasi ham alohida muhokama qilinmoqda.
Moskva Oq uyda Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy örtasida yuz bergan bahsdan keyin Rossiya—Ukraina uruşini töxtatiş böyiça muzokaralar AQŞ va Rossiya örtasidagi foydali iqtisodiy bitimlar muhokamasi fonida ikkinçi darajaga ötib qolişini kutmoqda.
Donald Tramp 12 fevral kuni Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan va şundan keyin «birga işlaşga, xususan, bir-birining davlatlariga taşrif buyurişga» kelişib olganini bildirgandi. Bu AQŞ va RF prezidentining 2022 yil fevraldan beri ilk muloqoti edi.
Volodimir Zelenskiy 28 fevral kuni Oq uyda Donald Tramp va uning vitse-prezidenti Jyey Di Vens bilan uçraşdi. Muzokaralar ikki mamlakat yetakçilarining tortişuvi bilan yakunlandi. Zelenskiy Trampning söroviga köra, Oq uyni muddatidan oldin tark etdi. Tomonlar Ukrainada nodir metallarni qazib oliş böyiça bitimni imzolamadi.
Zelenskiy Tramp bilan tortişuvdan keyin Ukraina Qöşma Ştatlardan minnatdor ekani va ularning yordamini yöqotişni xohlamasligini ma’lum qildi, ammo Trampdan uzr söramadi. Ertasi kuni u AQŞdan Buyuk Britaniyaga uçib borib, Yevropa davlatlari yetakçilari bilan Ukraina masalasiga bağişlangan sammitda iştirok etdi va Britaniya qiroli bilan uçraşdi.








