Ukraina hozirda Rossiya tomonidan bosib olingan öz hududlari anneksiyasini «heç qaçon» tan olmaydi, hatto bu tinçlik kelişuviga erişiş uçun zarur bölsa ham. Bu haqda 2 mart, yakşanba oqşomida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yevropa yetakçilarining Londondagi sammitidan söng britaniyalik jurnalistlar bilan suhbatda aytib ötdi.

Ukraina rahbarining ta’kidlaşiça, Kiyev Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni har doim «vaqtinçalik bosqinçilik» deb hisoblaydi, garçi mamlakat hozirda Rossiyani butunlay siqib çiqariş uçun yetarli harbiy kuçga ega bölmasa ham. «Hududlarimiz va qadriyatlarimiz sotilmaydi. Erkinligimiz sotilmaydi. Rossiya bizni bu işga tortganligi uçun biz katta narx tölayapmiz», — dedi Zelenskiy.

Ukraina işonçli xavfsizlik kafolatlari bilan ta’minlangan taqdirdagina öt oçişni töxtatişga rozi böladi, deya qöşimça qildi Zelenskiy. U bunday kafolatlar Ukrainadagi yangi harbiy harakatlarni Rossiya uçun imkonsiz qilişiga yoki Moskva bunga borsa, Ukraina va uning ittifoqçilarining «qattiq javobiga» olib kelişiga umid bildirdi.

Parij va London Ukrainada bir oylik sulhni taklif qildi

Fransiya va Britaniya Rossiya va Ukraina örtasida bir oylik qisman sulh tuzişni taklif qilmoqda. Fransiya davlati rahbari Emmanuel Makron 2 mart kuni Le Figaro gazetasiga intervyu berdi.

Makronning aytişiça, öt oçişni töxtatiş havo va dengiz zarbalari hamda energetika infratuzilmasiga hujumlarni töxtatişga qadar çözilişi mumkin.

«Öt oçişni töxtatiş bölsa, (u) frontda amalda ekani yoki yöqligini tekşiriş juda qiyin böladi», deb ta’kidladi Emmanuel Makron va front çiziğining uzunligi Parijdan Budapeştgaça bölgan masofaga teng ekanligini qöşimça qildi.