AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset Rossiyaga qarşi kiberhujumlarni töxtatişni buyurdi, deb xabar bermoqda Amerikaning qator ommaviy axborot vositalari öz manbalariga tayanib. Buyruq tafsilotlari noma’lum, biroq jurnalistlar uni Rossiya va AQŞ örtasidagi hozirgi muzokaralar va Donald Trampning Rossiya-Ukraina uruşida yaraşuvga erişiş istagi bilan boğlamoqda.

Hegset Rossiyaga qarşi kiberhujumlarni töxtatişga buyruq bergani haqida oxirgi bölib New York Times gazetasi yozdi, uşbu naşr vaziyatdan xabardor bölgan uçta anonim manbaga havola bergan.

Naşr ma’lumotlariga köra, yangi körsatmalar AQŞ kiberqömondonligiga mamlakat prezidenti Donald Tramp jurnalistlar köz öngida Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy bilan tortişib qolişidan oldinroq berilgan.

Bunday buyruq haqida birinçi bölib The Record naşri xabar berdi. Uning xabarida Pentagon rahbari AQŞ kiberqömondonligi boşliği general Timoti Hoga tegişli körsatmalar bergani aytilgan. U, öz navbatida, bu körsatmalarni taşkilotning operatsion direktori, dengiz piyodalari korpusi general-mayori Rayan Heritejga topşirgan.

Hegset buyruğining tafsilotlari noma’lum.

Ammo Washington Post amaldagi va sobiq mulozimlarga tayanib yozişiça, kiberhujumlar AQŞ va Rossiya örtasidagi muzokaralar vaqtida töxtatilgan. Qömondonlikka yangi körsatmalar «yaqin kelajak»da amal qilişi aytildi, deya xabar bermoqda The Record manbalari.

The Record manbalari, şuningdek, Kiberqömondonlik Hegset uçun «xavflarni baholaş»ni boşlaganini aytdi. Uşbu turdagi hisobot buyruq olinganini tasdiqlaydi, qaror natijasida töxtatilgan joriy missiyalarni sanab ötadi va Rossiyadan hali ham saqlanib qolayotgan tahdidlarni batafsil tavsiflaydi.

Pentagon izoh berişdan boş tortgan. «Mudofaa vaziri Hegset uçun barça operatsiyalarda, jumladan, kibermakondagi operatsiyalarda ham jangçilar xavfsizligidan muhimroq narsa yöq», — deyiladi vazirlik xabarida.

Nozik muzokaralar vaqtidagi odatiy amaliyot

Kiberhujumlar va kiberhimoya örtasidagi çegara köpinça noaniq böladi, deya ta’kidlaydi NYT öz materialida.

Töxtatilgan kiberhujumlar uruş akti sifatida baholanişi mumkin bölgan darajada tajovuzkor emas, deya tuşuntirdi WP naşriga rasmiylar.