AQŞ Ukraina bilan razvedka ma’lumotlari almaşişni töxtatdi. Bu haqda Financial Times gazetasi öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Gazeta suhbatdoşlaridan birining ta’kidlaşiça, AQŞ oldingidek yaqin ittifoqçilariga, jumladan, Buyuk Britaniyaga razvedka ma’lumotlarini ulaşmoqda.

Daily Mail gazetasi 5 mart kuni Vaşington Buyuk Britaniyaga AQŞdan olingan razvedka ma’lumotlarini Ukrainaga berişni taqiqlaganini ma’lum qildi. FT’ning qayd etişiça, Ukraina Amerika razvedkasi hamkorligi yordamida Rossiya harbiy obektlarini aniqlab, ularga zarbalar bera olgan.

Fox News jurnalisti Jyeki Xaynrixning ma’lum qilişiça, Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Li Retkliff AQŞ «butun dunyoda tinçlikni ta’minlaş uçun barçani javob berişga çaqiriş maqsadida razvedka frontida tanaffus» olganini «yaşirinça tasdiqlagan».

AQŞ prezidenti Donald Tramp 3 mart kuni Ukrainaga harbiy yordam yetkazilişini töxtatiş böyiça qaror qabul qilgandi. Natijada AQŞning 46-prezidenti Jo Bayden davrida ajratilgan va yölda ketayotgan, şuningdek, Polşada joylaşgan tranzit markazlaridagi qurollar hamda öq-dorilar jönatilişi töxtatildi.

Şundan söng Volodimir Zelenskiy Kiyevda köçada turib ukrainlarga murojaat yölladi va öz amaldorlariga amerikalik hamkasblar bilan boğlanib, harbiy yordam borasida javob olişni topşirganini ma’lum qildi.