Volodimir Zelenskiy Kiyevda köçada turib ukrainlarga murojaat yölladi va öz amaldorlariga amerikalik hamkasblar bilan boğlanib, harbiy yordam borasida javob olişni topşirganini ma’lum qildi.

«Bugun köpçilikda savol bor — Amerika yordami böyiça endi nima böladi. Men Ukraina mudofaa vaziriga, razvedkalarimiz boşliqlariga, diplomatlarga AQŞdagi hamkasblari bilan boğlanib, rasmiy ma’lumot olişni buyurdim. Odamlar taxmin qilmasligi kerak. Ukraina va Amerika hurmatli dialogga munosib», — dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlaşiça, Ukraina bir neça hafta içida «turli signallar olgan», gumanitar va harbiy yordamning töxtatilişi bilan boğliq voqea yanvar oxirlarida kuzatilgan, ammo «unda barçasini tezda qayta tiklaşga muvaffaq bölingan».

«Hozir 2022 yil emas. Hozir bizning barqarorligimiz yuqori, himoya uçun vositalarimiz bor, ammo uruşni haqiqatda tugatiş uçun bizga Amerika bilan yaxşi şeriklik munosabatlari muhim», — deydi Zelenskiy. Şuningdek, u Ukraina körsatilayotgan barça qöllab-quvvatlov uçun Amerikadan doim minnatdor bölişini qöşimça qildi.

Zelenskiyning fikriça, Rossiya öz pozitsiyasini özgartirmagan va ukrain armiyasining qisqartilişi hamda Ukraina hududlaridan qonuniy voz keçilişini talab qiliş niyatida. «Barçamiz Ukrainada ekanmiz, birgalikda va mustahkam turişni davom etamiz, şu yerda ekanmiz — buni heç kim uddalay olmaydi», — deydi Zelenskiy.

4 mart kuni Amerika OAV öz manbalariga tayanib, Donald Tramp Ukrainaga harbiy yordam körsatişni töxtatgani haqida yoza boşladi. Bu Oq uyda Zelenskiyning Tramp va vitse-prezident Jyey Di Vens bilan yuz bergan tortişuvidan bir neça kun ötib sodir bölmoqda.

Avvalroq Zelenskiy murojaat e’lon qilib, Oq uydagi uçraşuv «kutilganidek bölmaganini» tan olib, bundan afsusda ekanini ma’lum qilgandi. U Ukraina «uruşga çek qöyiş uçun tez işlaşga tayyorligi» va Tramp ma’muriyati bilan hamkorlik qiliş niyatida ekanini ma’lum qildi.