“Özenergoinspeksiya” xabariga köra, holat “Özenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyat hududiy boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida ötkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. 

Guliston şahrida joylaşgan “S. J.” MÇJ quvvati 176 kVt bölgan elektr qurilmalari ulangan elektr hisoblagiçga taşqi ta’sir körsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Uşbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga köra, elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 130 million sömlik zarar yetkazilgani ma’lum böldi.

Mazkur holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi.