Germaniyaning Hamburg aeroporti faoliyati 9 mart kuni töxtatib qöyildi. Bunga Verdi kasaba uyuşmasi tomonidan xodimlar örtasida taşkil etilgan iş taşlaşlar sabab böldi. Aeroport faoliyati töxtatilgani töğrisidagi bayonot havo bandargohining saytiga joylaştirilgan.

Qayd etilişiça, aeroportda samolyotlarni qabul qiliş va uçiriş kun davomida amalga oşirilmaydi. Yölovçilarga parvoz böyiça batafsil ma’lumot oliş uçun aviakompaniyalarga murojaat qiliş söralgan.

Bild naşrining yozişiça, ayrim yölovçilar öz reyslari bekor qilingani töğrisida parvozga bir neça daqiqa qolganida xabar topgan.

Verdi kasaba uyuşmasi, şuningdek, keyingi hafta Berlin, Hannover hamda Frankfurt aeroportlarida ham iş taşlaşlar bölib ötişini e’lon qildi. Ular işçilarning maoşlari oşirilişi va mehnat şaroiti yaxşilanişini talab qilmoqda.

Kasaba uyuşmalarining bu kabi aksiyasi 27-28 fevral kunlari Myunxen aeroportida ham ötkazilgan edi. Öşanda havo bandargohi ma’muriyati aksariyat reyslarni bekor qilişga majbur bölgandi.

Kasaba uyuşmasi bayonotida keltirilişiça, iş beruvçilar muzokaralar davomida xodimlarning talabini qanoatlantirişni xohlamayotgani uçun ular şu kabi norozilik namoyişini ötkazişga majbur bölmoqda. Verdi xodimlar maoşi 8 foizga yoki oyiga kamida 350 yevroga oşirilişini talab qilyapti.