Qöşma Ştatlar Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berişni prezident Vladimir Zelenskiy iste’foga çiqmaguniça tiklaşni rejalaştirmayapti.

«Donald Tramp Zelenskiyni qurol-yaroğ bilan şantaj qilmoqda, uning prezidentlikdan ketişi va Ukrainada saylov ötkazilişini talab qilmoqda», deb yozdi Bild.

Avvlaroq, Amerika rasmiylari Zelenskiyning siyosiy raqiblari Yuliya Timoşenko va Pyotr Poroşenko bilan uçraşib, ehtimoliy saylovni muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi.

Şu bilan birga, siyosatşunos Tomas Yyeger sözlariga köra, Tramp Zelenskiy bilan 2020 yilda Hanter Bayden voqeasi böyiça orani oçiq qilmoqçi. Öşa vaqtda Zelenskiy Jo Baydenning öğli Hanter Baydenni obrösizlantiruvçi ma’lumotlarni Trampga bermagan edi.

Ta’kidlanişiça, Putinga ham uç yildan ortiq vaqtdan beri qarşilik qilayotgan Zelenskiy nomzodi yoqmaydi.

«Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov uç hafta oldin amerikalik hamkasbi Marko Rubio bilan uçraşuvda: «Zelenskiy bilan heç narsaga erişib bölmaydi», deganiga işonaman», deb ta’kidladi Yyeger.

Şu bilan birga, Yyeger Ukrainadagi ehtimoliy yangi saylovni taşkil qiliş qiyin bölişidan ogohlantirdi va: «bu Putinga natijalarni manipulyatsiya qiliş uçun ideal imkoniyat böladi», dedi.