Yevropa Ittifoqi Tojikistonning Qirğiziston bilan çegaradoş Söğd viloyatidagi obektlar qurilişi uçun 3 million yevro ajratdi. Xususan, tabiiy ofatlar yuz berganda boşpana quriş rejalaştirilgan. Tegişli memorandum Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qömitasi tomonidan imzolandi.

«Bu favqulodda vaziyatlarga tezkorlik bilan munosabatda böliş, jabrlangan aholiga öz vaqtida yordam körsatiş va hatto ehtimoliy qoçqinlarni vaqtinçalik boşpana bilan ta’minlaş imkonini beradi», deyiladi bayonotda.

Şuningdek, ikkita sport maydonçasi quriş ham rejalaştirilgan. Obektlar Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon topşiriğiga asosan «Tojikiston-Qirğiziston çegara hududlarida barqarorlikni mustahkamlaş taşabbusi (ISECA)» loyihasi doirasida quriladi.

2024 yil dekabr oyida Qirğizistonning Botken şahrida Tojikiston va Qirğiziston delegatsiyalari raislarining davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça uçraşuvi bölib ötgan edi. Tomonlar kelişuvga erişdi va çegaraning bahsli uçastkalari tavsifini yakunladi.

Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi qariyb 1000 km uzunlikdagi çegara vaqti-vaqti bilan töqnaşuv zonasiga aylanib qoladi. 2022 yil sentabrida Qirğiziston-Tojikiston çegarasida mojaro kelib çiqqan va 59 kişi halok bölgan edi. Keyinroq tomonlar çegarani birgalikda qöriqlaş, mojaro hududidagi yölni tösib qöyişga kelişib, tinçlik örnatiş töğrisidagi protokolni imzoladi.