Dunyoning aksariyat şaharlarida havo ifloslangan va faqat ularning 17 foizi tegişli talablarga javob beradi. Bu haqda Associated Press tomonidan e’lon qilingan maqolada söz boradi.

Qayd etilişiça, Şveytsariyadagi IQAir havo sifatini monitoring qiliş bazasi dunyoning 138 ta davlatida joylaşgan 40 mingta monitoring stansiyasi ma’lumotlarini tahlil qilib çiqqan. Natijada eng iflos havoga ega şaharlar Çad, Kongo, Bangladeş, Pokiston va Hindistonda joylaşgani aniqlangan. Xususan, dunyodagi havosi eng iflos töqqizta şaharning oltitasi Hindiston hisobiga töğri keladi.

Ekspertlarning ma’lum qilişiça, havoning ifloslanişiga oid haqiqiy körsatkiçlar bundan ança yuqori bölişi mumkin, çunki dunyoning aksariyat nuqtalarida kerakli ma’lumotlarni olişga yordam beradigan monitoring mavjud emas. Masalan, Afrikada har 3,7 million kişiga faqat bitta monitoring stansiyasi töğri keladi.

Hisobotda aytilişiça, uşbu muammoga qarşi kuraşiş uçun monitoring qurilmalari köproq örnatilmoqda. Joriy yilda hisobot mualliflari 8954 ta yangi nuqtadagi ma’lumotlardan foydalanişga muvaffaq bölgan.

Malayziyadagi Sunway planetar salomatlik markazi eksperti va boş ilmiy xodimi Fotima Ahmadning aytişiça, uzoq vaqt davomida ifloslangan havodan nafas oliş respirator kasalliklar, alsgeymer va saratonni yuzaga keltirişi mumkin. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hisob-kitoblariga köra, ifloslangan havo oqibatida har yili 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda.

«Agar suvingiz bölmasa, odamlarga kuniga yarim soat kutib turişni va suv kelişini aytişingiz mumkin. Ammo havo yomon bölsa, odamlarga nafas olmang deya olmaysiz», — deydi Ahmad.

Ta’kidlanişiça, Pekin, Seul, Janubiy Koreya va Polşaning Ribnik kabi bir qança şaharlari transport vositalari, elektr stansiyalari va sanoatdagi ifloslanişni qat’iy tartibga soliş orqali havo sifatini yaxşilaşga muvaffaq bölgan. Ular, şuningdek, nisbatan toza energiyani tarğib qilgan va jamoat transportiga investitsiya kiritgan.