«Markaziy Osiyo global iqlim muammolariga duç kelmoqda: umumiy farovonlik uçun birlaşiş» mavzusi ostidagi forum ekologik barqarorlik, yaşil iqtisodiy rivojlaniş va iqlim barqarorligi böyiça muloqotni ilgari suriş uçun yuqori darajadagi platformaga aylanadi. Asosiy e’tibor mintaqaviy va xalqaro hamkorlikka qaratilgan. Iqlim forumi qayta tiklanadigan energetikani rivojlantiriş, suv resurslarini kompleks boşqariş, biologik xilma-xillikni saqlaş va barqaror şahar taraqqiyoti kabi asosiy yönalişlar böyiça ekspert panellari, yalpi sessiyalar va siyosiy muloqotlarni taklif qiladi.

«Muhokamaning asosiy mavzularidan biri global miqyosdagi ekologik halokatning yaqqol namunasi bölgan Orol dengizi inqirozidir. Mutaxassislar va hukumat vakillari zarar körgan hududlarda yerlarni tiklaş, çöllanişga qarşi kuraşiş va iqlim özgarişining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini kamaytiriş böyiça barça yeçimlarni körib çiqadi.

Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, şuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakçi ekologiya taşkilotlari vakillari iştirok etişi kutilmoqda. Bu hududning yaşil transformatsiyasi va barqaror rivojlanişiga umumiy sadoqatni tasdiqlaydi», deyiladi ekovazirlik xabarida.

Tadbirning asosiy natijasi Samarqand forumining yakuniy hujjati — «Yaşil» rivojlanişning Mintaqaviy konsepsiyasi taqdimoti bölib, u iqlim özgarişi sohasida Markaziy Osiyo davlatlarining yagona mintaqaviy qaraşlarini şakllantirişga asos soladi. Unda yetakçi xalqaro taşkilotlarning mintaqadagi ekologik muammolarni hal qiliş borasidagi yondaşuvlari bayon qilinadi.

Forum haqida mazkur rasmiy saytdan köproq ma’lumot oliş mumkin.