«Eşitgan bölsangiz kerak, Telegramʼdagi jinoyatçilar faoliyati bilan boğliq tekşiruvlar tufayli Fransiyada bir neça oy bölganimdan söng Dubayga qaytdim. Jarayon davom etmoqda, lekin uyda böliş juda ajoyib», deb yozgan Durov özining kanalida. U jinoyatçilikka qarşi kuraş haqida gap ketganda, yillar davomida Telegram «özining qonuniy majburiyatlarini bajaribgina qolmay, balki oşirib ham bajargani»ni bildirgan.
Şuningdek, Pavel buning uçun tergov sudyalari, öz advokatlar va jamoasiga hamda dunyo böylab uni qöllab-quvvatlagan millionlab odamlarga minnatdorçilik bildirgan.
«Men butun dunyo böylab uşbu kutilmagan sayohat davomida qöllab-quvvatlagan millionlab odamlarga çuqur minnatdorçilik bildiraman — bu juda köp narsani anglatadi. Bizning milliardlik hamjamiyatimiz yengib öta olmaydigan tösiqning özi yöq», — deydi u.
Eslatib ötamiz, Pavel Durov 2024 yil 24 avgust kuni keçqurun Parij aeroportida qölga olingan edi. Ikki kundan keyin Parij prokuraturasi Durov noma’lum şaxslarga qarşi jinoiy tergov doirasida 12 ta jinoyat, jumladan vakolatli organlar söroviga köra ma’lumot berişni rad etiş, şuningdek, pornografiya, giyohvand moddalar va xakerlik dasturlarini tarqatişda iştirok etiş böyiça qölga olinganini e’lon qildi.
Durovga yaqin manbaning sözlariga köra, Telegram köp yillar davomida platformada noqonuniy kontent tarqalişi oldini oliş uçun rasmiylar bilan hamkorlikni talab qiluvçi huquq-tartibot idoralarining çaqiruvi va sud qarorlariga e’tibor bermagan.
Keyinroq Durov sud nazorati ostida ozod etildi, lekin u Fransiyani tark etmasligi kerak edi. Şuningdek, unga 5 million yevro garov puli qöyişi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelib turişi majburiyati yuklangan edi.
Fevral oyi boşida Fransiya prokuraturasi Durovning işi kamida bir yil davomida sudga yetkazilmasligini ma’lum qilgandi.












