Şavkat Mirziyoyev 17 mart kuni AQŞ Kongressi a’zosi, Özbekiston bilan hamkorlik böyiça parlament kokusi iştirokçisi Kerol Miller boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, uçraşuvda Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.

Uçraşuv avvalida parlament a’zosi davlat rahbariga AQŞ prezidenti, Kongress rahbariyati va Özbekiston böyiça kokus a’zolarining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan. Şuningdek, ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erişilgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

«Kerol Miller Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar strategiyasi, jumladan, iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş, demokratik institutlarni, eng avvalo, parlamentni mustahkamlaş, gender tenglikni ta’minlaş borasidagi işlar natijalarini yuksak baholadi», — deyiladi xabarda.

Uçraşuv davomida iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni, şu jumladan toğ-kon, sanoat, energetika, qişloq xöjaligi sohalaridagi loyihalarni qöllab-quvvatlaş va ilgari suriş maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratilgan.

Özbekiston hududlarining Amerika ştatlari bilan şeriklik aloqalarini yölga qöyiş muhimligi qayd etilgan. Bundan taşqari, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar va Afğonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almaşilgan.