Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev va Koreyaning Ulsan şahri meri Kim Du Gyom boşçiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi örtasida uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Uçraşuvda kadrlar salohiyatini rivojlantiriş, Özbekistondan mehnat resurslarini şahardagi yirik sanoat obektlariga jalb etiş böyiça hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Kim Du Gyom Koreya Respublikasi tarixida ilk bor Özbekiston fuqarolariga şahar meriyasi orqali soddalaştirilgan tartibda mehnat vizalarini beriş mexanizmlari közda tutilayotgani haqida xabar bergan.
Xususan, Ulsan şahar hokimligi tomonidan Özbekiston fuqarolari uçun bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Bitiruvçilar uç oylik kasbiy tayyorgarlik va til örganiş kurslarini tamomlagandan söng mehnat vizasi olinadi va işga joylaştiriladi. Bunday mexanizm pilot loyiha sifatida birinçi marta qöllanmoqda. Mer Kim Du Gyom agar natija ijobiy bölsa, boşqa şaharlar ham Özbekiston fuqarolari uçun uşbu mexanizmni joriy etişi mumkinligini ma’lum qilgan.
Koreya Respublikasi vakillari Özbekiston tomonining Ulsan korxonalarida Özbekiston fuqarolarini oilalari bilan birgalikda, agar ular noqonuniy holga kelib qolmagan bölsa, taşkiliy ravişda işga joylaştiriş imkoniyati haqidagi sörovini körib çiqişga tayyorligini bildirgan.
Özbekiston fuqarolarini Janubiy Koreya iqtisodiyotining sanoat va boşqa tarmoqlariga işga jalb etiş böyiça hamkorlik qiliş yuzasidan qator kelişuvlarga erişilgan.








