17 mart kuni Özbekiston Içki işlar va Soğliqni saqlaş vazirliklari xodimlari xorijda ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarni Özbekistonga qaytariş maqsadida xizmat safari bilan Qozoğistonga jönab ketdi, deb xabar beradi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Qayd etilişiça, ota-ona qaramoğisiz qolgan 10 nafar, xususan, Atirau şahrida — 1 nafar, Olmaota şahrida — 8 nafar va Manğistov şahrida — 1 nafar bola davlat yordamiga muhtoj bölib, işçi guruh vakillari tomonidan ularni öz oilalari bağriga qaytariş rejalaştirilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi qaytarilayotgan bolalarning oilaviy muhitga qaytişi uçun barça zarur çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.
Avvalroq agentlik tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg, Astraxan, Volgograd, Irkutsk, Çelyabinsk, Vladivostok va Ulyanovsk şaharlarida, şuningdek, Moskva, Leningrad, Oryol, Smolensk va Vladimir oblastlarida ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan 30 nafar bolaning hujjatlarini rasmiylaştiriş işlari olib borilayotgani töğrisida xabar berilgandi.







