Istanbul viloyati gubernatorining keyingi tört kun içida köçalarda aksiya ötkazişni taqiqlaş töğrisidagi buyruği va şahar böylab köp sonli politsiyaçilar joylaştirilgani norozilik namoyişlari boşlanib ketişini töxtata olmadi.
Politsiya meriyani örab olgan, yöllarning bir qismi va Taqsim markaziy maydoni tösib qöyilgan. Namoyişçilar şahar hokimiyati, Imomöğli saqlanayotgan politsiya bölimi, Istanbul universiteti va boşqa joylar yaqinida töplangan.
«Sodir bölgan iş – töntarişga uriniş. Akrom Imomöğlining [prezidentlikka] nomzod böliş erkinligi tortib olinmayapti, bu millatning uni saylaş erkinligi tortib olinmoqda», – dedi Respublika xalq partiyasi yetakçisi Özgur Özel meriya binosi oldida yiğilganlar oldida sözlagan nutqida.
Merning rafiqasi Dilek Imomöğli uning hibsga olinişini «Turkiyaning bölajak prezidentini yöq qilişga qaratilgan maqsadli siyosiy amaliyot» deb atadi. «Bu millatga töğridan töğri zarba va biz kuraşamiz», – dedi u.

Dastlabki töqnaşuvlar haqida xabarlar kelgan. Voqea joyidan olingan kadrlarga köra, politsiya Istanbul universiteti hududida Imomöğlining oliy ma’lumot töğrisidagi diplomini bekor qiliş qaroriga norozilik bildirgan talabalarni tarqatiş uçun maxsus vositalardan foydalangan.
18 mart kuni Istanbul universiteti Turkiya prokuraturasi söroviga köra Imomöğlining 1995 yilda olgan diplomi bekor qilinişini ma’lum qildi. Bunga 1990 yilda Kipr şimolidagi xususiy universitetdan Istanbul universitetining biznes boşqaruvi fakultetiga ötişida yöl qöyilgan qonunbuzarliklar sabab qilib körsatilgan.
Bu köpçilik tomonidan muxolifatçi merning navbatdagi prezidentlik poygasida iştirok etişiga tösqinlik qiliş uçun siyosiy sabab sifatida qabul qilindi. Çunki oliy ma’lumot töğrisidagi diplom Turkiyadagi prezidentlik saylovlarida iştirok etişning majburiy şarti hisoblanadi. Imomöğli universitet qarorini «yuridik jihatdan asossiz» va «akademik hayotga siyosiy aralaşuvning xavotirli belgisi» deb atadi.
Respublika xalq partiyasining yaqin yakşanba kuni bölib ötadigan qurultoyida 2028 yil ötkazilişi kerak bölgan prezidentlik saylovlarida muxolifat nomzodi sifatida Akrom Imomöğli e’lon qilinişi kutilayotgandi (muddatidan oldin saylovlar 2027 yil noyabrida bölib ötişi ham mumkin).















