Prezident matbuot xizmatiga köra, Şavkat Mirziyoyev 29-oktabr kuni Anqarada Evyap Holding kompaniyasi boşqaruv kengaşi aʼzosi Ömer Evyapni qabul qildi.

Muloqotda kompaniyaning şaxsiy gigiena va kosmetika mahsulotlari işlab çiqariş sohasidagi tajribasi asosida hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi. Turkiya tomoni istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.

Ömer Evyap Özbekistonda turk kompaniyalari uçun yaratilayotgan qulay şaroitlar va taqdim etilayotgan imtiyozlar tufayli ularning soni yil sayin ortib borayotganini qayd etdi.

Uçraşuvda OSTIM Global Özbekiston–Turkiya sanoat zonasida yölga qöyilayotgan loyihani tezlaştiriş hamda unga zarur xomaşyoni mahalliylaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

















