«Bunyodkor» stadionida 32 mingdan ortiq tomoşabin qarşisida ötgan bahs voqealarga boy ötdi. Uçraşuvning kulminatsion voqeasi 24-daqiqada yuz berdi. Hojiakbar Alijonovga nisbatan işlatilgan qöpollik uçun qirğizistonliklar futbolçisi Said Datsiyev maydondan çetlatildi va raqiblar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Ammo Eldor Şomurodov penaltidan foydalana olmadi – Erjan Tokotayev zarbani qaytardi.

40-daqiqaga kelib stadion larzaga keldi. Fayzullayevning pasidan keyin Hojiakbar Alijonov kuçli zarbasi bilan hisobni oçdi – 1:0.

Ikkinçi bölimning asosiy voqeasi Jaloliddin Maşaripovning muğombirlik uçun ogohlantirilgani böldi. U endi 25 mart kungi Eronga qarşi safardagi öyinda maydonga tuşa olmaydi.

Temur Kapadze şogirdlari ikkinçi bölimda ham bir qator golli vaziyatlar yaratgan bölsa-da, maydonda 10 kişi töp surgan raqiblar darvozasiga boşqa yöl topa bilmadi. Şu tariqa, Özbekiston 7 öyindan keyin 16 oçko bilan 2-örinda bormoqda. Eron onlayn javdalda 19 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. 3-örinda borayotgan BAA hisobida hozirça 10 oçko mavjud. 8-turda Erondagi ğalaba Özbekiston milliy jamoasiga muddatdan avval JÇ-2026 yöllanmasini taqdim etişi mumkin.

JÇ-2026 saralaşi. 7-tur
Özbekiston – Qirğiziston - 1:0
Hakam: Yusuke Araki(Yaponiya)
VAR: Iida Jumpei (Yaponiya)
Gol: Hojiakbar Alijonov, 40
Foydalanilmagan penalti: Şomurodov, 25.

Özbekiston: 1.Ötkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov (19.Zafarmurod Abdurahmatov, 88), 4.Farrux Sayfiyev (23.Ibrohimhalil Yöldoşev, 57), 5.Rustam Aşurmatov, 7.Otabek Şukurov (11.Ruslanbek Jiyanov, 78), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Maşaripov (6.Akmal Mozgovoy, 88), 14.Eldor Şomurodov, 18.Abdulla Abdullayev, 22.Abbosbek Fayzullayev

Qirğiziston: 1.Erjan Tokotayev, 2.Valeriy Kiçin (s), 3.Tamirlan Kozubayev, 4.Said Datsiyev, 7.Joel Kojo (18.Qayrat Jirgalbek Uulu, 57), 8.Eldiar Zaripbekov, 12.Odil Abdurahmonov, 14.Aleksandr Mişçenko, 20.Adilet Kanibekov (6.Kristian Brauzman, 46), 21.Kay Merk (5.Arslan Bekberdinov, 79), 23.Erbol Atabayev (10.Guljigit Aliqulov, 46).