Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan davlat köça terrorizmiga taslim bölmaydi, çunki mamlakat «köçadan topib olingan emas» dedi. Uning sözlariga köra, muxolifat turk xalqini politsiya xodimlari jarohatlangan namoyişlarda qatnaşişga çaqiriş orqali barqarorlikka tajovuz qilmoqda. Muxolifat yetakçisi Özğur Özelning aytişiça, mitinglar davom etadi. Şuningdek, u xavfsizlik kuçlarini qurol va qalampir gazidan foydalanmaslikka çaqirdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan hukumat köçalarda sodir bölayotgan terrorga köz yummasligiga va’da berdi.

«Marginal guruhlarga ergaşiş, politsiyamizga hujum qiliş, sudya va prokurorlarimizga tahdid qiliş, demokratiya va milliy irodaga qarşi çiqiş, noqonuniy va nodemokratik usullarga murojaat qiliş orqali biz bu mamlakatda heç narsaga erişa olmaymiz. Turkiya köçadan topib olingan davlat emas. Turkiya köça terrorizmiga taslim bölmaydi», dedi Erdöğan.

Uning ta’kidlaşiça, hukumat «Turkiyani terror qiliş» urinişlariga va turk xalqining barqarorligiga qarşi hujumlarga toqat qilmaydi. Prezidentning aytişiça, mitinglarga çaqiruvlar boşi berk köçadir. Erdöğanning sözlariga köra, bunday harakatlar noqonuniy hisoblanadi, ayniqsa namoyişlar çoğida politsiya xodimlari jarohat olsa. Uning ta’kidlaşiça, tartibsizliklar korrupsiyaga qarşi operatsiya bahonasida yuzaga kelgan, şunda daromad oliş va talonçilik sxemalari yaşirin qoladi.

Muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi raisi Özğur Özel muxolifat namoyişlarni töxtatiş niyatida emasligiga işora qildi. Şuningdek, u xavfsizlik kuçlarini namoyişçilarga qarşi qalampir gazidan foydalanişni bas qilişga çaqirdi. Turk ommaviy axborot vositalari politsiya hatto rezina öqlardan ham foydalanayotganini da’vo qilmoqda, ammo rasmiylar ayblovlarni inkor etmoqda. Namoyişlar natijasida bir neça namoyişçi tibbiy yordam sörab murojaat qilgan, 16 nafar huquq-tartibot xodimi jarohatlangan.