Turkiyada namoyişlar taqiqlanganiga qaramay, Istanbul meri Akrom Imomöğlining korrupsiya va terrorçi guruhlarga yordam berişda ayblanib hibsga olinişi ortidan norozilik namoyişlari avj olmoqda. Imomöğli bilan birga tergov doirasida yuzdan ortiq kişi, jumladan siyosatçilar, jurnalistlar va tadbirkorlar hibsga olingan.

Namoyişlar 19 martdan beri Turkiyaning eng yirik şahri Istanbul va poytaxt Anqaradan taşqari, Izmir, Adana, Antalya, Çanoqqal’a, Eskişehir, Könya va Edirne şaharlarida ham bölib ötmoqda.
Istanbul meri özining X sahifasida Saraçhane hududidan olingan, behisob odam aks etgan videoni joylaştirdi.
Imomöğli qölga olinişi u 2028 yilda bölib ötadigan saylovlarda muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida körsatilişidan bir neça kun oldin röy berdi.
Mazkur partiya yetakçisi Özğur Özelga köra, Istanbulda 300 mingga yaqin odam namoyişga çiqqan.
«Bu JXP mitingi emas, bu yerga şahar meri Imomöğli bilan birdamlik bildiriş va demokratiyani himoya qiliş uçun kelgan barça partiyalardan odamlar yiğilgan», – dedi u şahar hokimiyati binosi oldida töplangan namoyiş iştirokçilariga.
U Erdöğan «mahkamani qurol sifatida işlatib, Imomöğlining qöllarini qayirişga harakat qilayotgani»ni, ammo bunga yöl qöyilmasligi va Erdöğan bu norozilik namoyişlaridan qörqayotganini ta’kidladi.
Özelning zöravonlik qilmaslik va politsiya bilan töqnaşuvga bormaslik haqidagi çaqiriqlariga qaramay, uning nutqi davomida namoyişçilar politsiya bilan töqnaşdi, politsiya esa közdan yoş oqizuvçi gaz va plastik öqlardan foydalandi.
Töqnaşuvlar Anqara va Izmirda ham qayd etilgan, u yerda politsiya namoyişçilarga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlardan foydalangan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakatda yetakçi muxolifatçilardan birining hibsga olinişi ortidan norozilik tölqini kuçayib borayotganini qoraladi. Erdöğan juma kungi çiqişida hukumat «vandalizm» yoki «köça terrori» qarşisida «taslim bölmasligi» va jamoat tartibi buzilişiga toqat qilmasligini aytdi.













