Bolalarga nisbatan zöravonlik, pul yuviş, giyohvand moddalar savdosi va boşqa jinoyatlarga qarşi kuraşiş bilan şuğullangan AQŞ federal agentliklarining minglab xodimlari Tramp ma’muriyatining siyosati tufayli noqonuniy migrantlarni izlaşga va deportatsiya qilişga majbur bölmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Içki xavfsizlik departamentining sobiq xodimi Tereza Kardinal-Braun sözlariga köra, «immigratsiyani nazorat qilişga yönaltirilayotgan kuçlarning bunçalik köpligini heç qaçon körmagan». Uning ta’kidlaşiça, migrantlarga qarşi kuraşga ustuvor ahamiyat berilişi huquqni muhofaza qiliş organlarining asosiy vazifalarini ikkinçi öringa tuşirgan. Boş prokuror örinbosari Todd Blanş huquq-tartibot idoralari hali ham «qolgan jinoyatlar töliq quvvat bilan ta’qib qilinayotganini» ta’kidlab, buni rad etmoqda.

Noqonuniy migrantlarga qarşi reydlarning fotosuratlari va videolariga qaraganda, hatto ilgari immigratsiya siyosatiga unçalik aloqasi bölmagan Alkogol, tamaki, öqotar qurollar va portlovçi moddalar byurosi ham jarayonda iştirok etmoqda. Reuters manbalarining aytişiça, Tramp inauguratsiyasidan beri 2,5 mingga yaqin kişining 80 foiziga immigratsiya bilan boğliq vazifalarni bajariş buyurilgan. Ular, birinçi navbatda, AQŞda noqonuniy yaşayotgan migrantlarni ta’qib qiliş uçun işlatilyapti.

Tramp saylovoldi taşviqoti davomida bir neça bor noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilişga va’da bergan edi. U lavozimga kelganidan beri ön minglab odamlar immigratsiya qoidalarini buzganlik uçun hibsga olindi, buning oqibatida vaqtinçalik hibsxonalar gavjum böldi, prokuratura va sudlar esa tegişli işlar bilan tölib-toşdi.