Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ prezidenti Donald Trampga uning portretini sovğa qildi va suiqasd uyuştirilganda haqiga duo qilganini aytdi. Bu haqda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Suhbat çoğida Uitkoff Putinni yomon odam deb hisoblamasligini ta’kidladi. Uning fikriça, uruşga faqat bir kişi emas, balki bir qança omillar sabab bölgan.

Uitkoffning eslaşiça, Rossiyaga ikkinçi taşrifi «şaxsiy darajada» bölgan, çunki uçraşuv çoğida Putin unga rossiyalik rassom tomonidan çizilgan Tramp portretini topşirgan va uni Amerika prezidentiga yetkazişni söragan. Bundan taşqari, Putin suiqasd uyuştirilganda Tramp uçun duo qilganini aytgan.

«U AQŞ prezidenti bölgani yoki bölişi mumkinligi uçun emas, balki uning dösti bölgani uçun haqiga duo qildi. U dösti uçun duo qildi... Uyga qaytgaç, bu xabarni prezidentga yetkazdim va portretni berdim. Şubhasiz, bu unga ta’sir qildi», dedi Uitkoff.

Maxsus vakilning aytişiça, bu «mehrli işora» Tramp va Putin örtasidagi «aloqa»ni tikladi.

U şuningdek, Rossiya va Ukraina mojarosining asosiy masalasi – Qrim va Donbassning maqomi ekanini ta’kidlagan.

«Ular rusiyzabon, u yerda referendumlar ötkazilgan va aholining mutlaq köpçiligi Rossiyaning bir qismi bölişni xohlaşini bildirgan. Bu masala hal bölgaç, biz juda ijobiy suhbatlar olib boramiz. Bu har doim muammo bölgan, lekin bu haqda heç kim gapirmagan. Rossiyaliklar bu hududlarni de-fakto nazorat qilmoqda. Savol şundaki, dunyo bular Rossiya hududlari ekanini tan oladimi?

Zelenskiy tan olsa, siyosiy jihatdan omon qola oladimi? Zelenskiy Ukraina NATOga a’zo bölmasligini tuşunadi», degan Uitkoff.

U şuningdek, Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari muhokamasi oçiqligiça qolayotgani, Ukrainada prezidentlik saylovlari ötkazilişi, Kiyevdagilar allaqaçon bunga rozi bölişgani, kelgusi hafta davomida Rossiya va Ukraina Qora dengizda dengiz zarbalariga moratoriy joriy qilişi, muntazam amal qiladigan sulh unçalik uzoq emasligi, Putin – super aqlli odam ekani, NATO ruslar butun Yevropani bosib ötişiga yöl qöymasligi, Putin va Tramp yaqin oylarda uçraşişini aytib ötgan.