Ramazon hayiti munosabati bilan Şavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda
|01:38 / 21.03.20263 3854 min
Tabriknomalarda köp millatli Özbekiston xalqiga tinçlik, totuvlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilib, mamlakatimiz bilan döstona munosabatlar va özaro manfaatli şeriklikni yanada mustahkamlaş va kengaytirişga intiliş qat’iy ekani bildirilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
“Butun musulmon ummati uçun muqaddas bölgan, ruhiy poklik, mustahkam imon, mehr-oqibat, rahm-şafqat, birodarlik va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarni özida mujassam etgan Ramazon oyi hamda muborak Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yirik xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda”, deb xabar berdi Özbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Xususan, quyidagilar öz tabriklarini yöllagan:
Saudiya Arabistoni Podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejyep Tayyip Erdoğan;
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Qozoğiston Respublikasining birinçi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlaşgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay amirligi hokimi Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum;
Birlaşgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Şayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon;
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy;
Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarif;
Kuvayt Davlati Amiri Şayx Miş’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt Davlati Valiahdi Şayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh;
Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II;
Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modi;
Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
Bahrayn Podşohi Şayx Hamad bin Iso al-Xalifa;
Mavzuga oid
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Liviya Davlati Prezident kengaşi rahbari Muhammad Yunus al-Manfi;
Afğoniston Boş vaziri Mulla Muhammad Hasan Oxund;
Komor orollari Ittifoqi Prezidenti Ğazaliy Usmoniy;
Isroil Davlati Prezidenti Itsxak Gersog;
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (UNESCO) boş direktori Holid al-Ananiy;
Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi Nurlan Yermekbayev;
Şanxay hamkorlik taşkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qömitasi direktori Ularbek Şarşeyev;
Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi Kubaniçbek Omuraliyev;
Turkiy davlatlar taşkiloti Oqsoqollar kengaşi raisi Binali Yildirim;
Islom hamkorlik taşkiloti boş kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça islom taşkiloti (ICESCO) boş direktori Salim al-Malik;
Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti boş kotibi Asad Xon;
Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi boş kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Şayxulislom Ollohşukur Poşozoda,
Al-Azhar majmuasi rahbari Ahmad at-Toyib.
Tabriknomalarda köp millatli Özbekiston xalqiga tinçlik, totuvlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilib, mamlakatimiz bilan döstona munosabatlar va özaro manfaatli şeriklikni yanada mustahkamlaş va kengaytirişga intiliş qat’iy ekani bildirilgan.