«Sen baribir yutqazasan». Imomöğli qanday qilib muxolifat yetakçisiga aylandi?
|02:45 / 26.03.202522 37212 min
Turkiya prezidentligiga nomzod, korrupsiyada gumonlanib hibsga olingan Akrom Imomöğli mamlakatning eng maşhur siyosatçilaridan biri bölib qolmoqda. Imomöğli 54 yoşda, u muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasida yetakçi şaxs, şuningdek, Istanbul meri – ançadan beri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning asosiy raqiblaridan biri hisoblanadi.
U ötgan yili Erdöğan va uning hukumatdagi Adolat va taraqqiyot partiyasini doğda qoldirib, Istanbul merligi uçun saylovda ikkinçi bor ğalaba qozongandi.
Istanbul Turkiyadagi eng yirik şahar bölib, unda 15 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Imomöğli 2024 yilgi saylovlargaça ham bu şaharni beş yildan beri boşqarib kelayotgan edi. Turkiyadagi köplab siyosiy şarhlovçilar uning takroriy ğalabasini «Erdöğanning tarixdagi eng yomon mağlubiyati» deb ataşgandi.
Akrom Imomöğli 19 mart, çorşanba kuni korrupsiya va terrorizmga şeriklikda ayblanib, qölga olingandi. U Jumhuriyat xalq partiyasining 2028 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida körsatilişi praymerizi arafasida uning uyiga politsiyaçilar borişdi.
Imomöğlining olib ketilişi va keyin qamoqda qoldirilişi bu ssenariyni şubha ostiga qöydi.
Bu voqea Turkiyada ön minglab kişilar iştirokidagi norozilik namoyişlarini keltirib çiqardi – bu sönggi ön yil içidagi eng yirik namoyişlar bölmoqda. Istanbul, Anqara va Izmir kabi eng yirik şaharlarda namoyişlar bir neça kundan beri davom etmoqda. Xavfsizlik kuçlari ularga közdan yoş oqizuvçi gaz va rezina öqlar qöllagan holatlar böldi.
Mitinglar Turkiyaning 81 viloyatidan 55 tasida ötkazilgan
Turkiya IIV ma’lumotlariga köra, beş kun davomida politsiya 1100 dan ortiq kişini hibsga olgan.
Qamoqdagi mer öziga qöyilgan ayblovlarni siyosiy, hibsga olinişini – «Turkiya demokratiyasi uçun qora doğ» deb atadi.
U X ijtimoiy tarmoği orqali hamyurtlarini qarşilik körsatişga çaqirib şunday yozdi: «Sizlarning qöllab-quvvatlaşingiz bilan biz bu töntarişni töxtatamiz va keyin buni qilganlarga eşikni körsatamiz».
Yuz minglab turklar uning çaqiriğiga javob berdi. Internetda ular öz yetakçisiga murojaat qilmoqda: «Biz seni prezident qilamiz».
Mavzuga oid
Siyosatçi şuningdek, qamoqdan turib Erdöğanga quyidagi xabarni yöllagan: «Baribir sen yutqazasan. Biz özaro halolligimiz, jasoratimiz, kamtarligimiz va tabassumimiz tufayli seni mağlubiyatga uçratamiz».
Imomöğli qanday qilib muxolifat yetakçisi böla oldi?
Akrom Imomöğli 1970 yilda Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Trabzon viloyatining Aqçaobod şahrida tuğilgan.
Maktabni tamomlagaç, Şimoliy Kiprdagi Girne Amerika universitetiga öqişga kiradi. Keyinçalik u oilasi bilan Istanbulga köçib ötadi va u yerda biznesni örgana boşlaydi. Universitetni tamomlagaç, quriliş sohasida işlab, oilaviy quriliş kompaniyasi Imamŏğlu Inşaat bilan şuğullangan va köfte – turk frikadelkalariga ixtisoslaşgan restoran egasi bölgan.
Şimoliy Kiprdagi kollejda öqigan yillarida Imomöğli yarim professional sifatida Turk Ocagi Limasol futbol klubida öynagan. Sportning şu turiga mukkasidan ketgan Turkiyada futbolga bölgan muhabbat (yoşligida Erdöğan ham havaskorlar darajasida futbol öynagan) siyosatga kirişga qaror qilganida unga qöl keladi.
Akrom Imomöğli va uning Semih Germaniya mezbonlik qilgan Yevro-2024 guruh bosqiçida Turkiya va Portugaliya öyinida
Oilasining konservativ öng markazçi qaraşlariga qaramay, Imomöğli «universitetda öqiyotganda sotsial-demokratik qadriyatlarni qabul qilgani»ni aytadi.
U öz siyosiy faoliyatini 40 yoşga yaqinlaşganida boşlagan. 2008 yilda Imomöğli Jumhuriyat xalq partiyasiga a’zo böladi va 2009 yilda Istanbulning asosan örta sinf vakillari istiqomat qiladigan va öşa paytga kelib oilasi joylaşgan Beylikduzu tumanidagi partiya yaçeykasiga rahbarlik qildi. Tört yil ötgaç, u munitsipal saylovlarda ğalaba qozondi (JXPdan nomzodi körsatilgan) va uşbu tumanga rahbarlik qiladi.
Şu bilan birga, u 2019 yilga qadar taniqli siyosatçi emasdi. Erdöğanni doğda qoldirib, Turkiyaning eng yirik şahri meri lavozimiga saylaniş esa Imomöğliga osonlikça nasib etmadi.
2019 yili Imomöğli ilk bor Istanbul şahar hokimligiga nomzodini qöyadi (öz vaqtida Erdöğan ham aynan şu şahardan öz siyosiy faoliyatini boşlagan edi).
U birinçi turda 13 ming ovoz farqi bilan ğalaba qozonadi. Biroq Erdöğanning partiyasi – Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKR) qoidabuzarliklar bölganini vaj qilib, natijalarni şubha ostiga qöyadi va qayta ovoz berişni taşkil etadi.
Bu jarayondagi sud muhokamalaridan birida odamlar orasidagi bolakay Imomöğli tomon qiçqirib şunday dedi: «Hammasi yaxşi böladi!»
Siyosatçi bu iborani özining saylov şioriga aylantiradi va takroriy saylovlar e’lon qilinganidan söng mitingda öz tarafdorlariga murojaat qilib, pidjak va galstukni yeçib taşlab, yenglarini şimarib, ularni yangi ğalabaga bor kuç-ğayratini qaratişga çaqiradi va şunday deydi: «Hammasi yaxşi böladi!»
Mitinglarda galstukni yeçiş ham uşbu siyosatçining öziga xos jyestiga aylangan
Imomöğli uçun öşanda haqiqatan ham hammasi yaxşi yakunlangan: qayta ovoz berişda bu safar 800 ming ovoz farqi bilan ğalaba qozongan, u 54 foiz ovoz töplagan – uning raqibi, hukmron partiyadan nomzod Binoli Yildirim esa 45 foiz ovoz bilan ikkinçi bölgan. Prezident Erdöğan uçun bu juda katta zarba böladi.
2024 yilda ham Istanbul meri saylovida Imomöğli ikkinçi marta erdöğançilarni ortda qoldiradi.
Istanbuldagi saylovlarda ğalaba qozoniş Turkiya siyosati uçun nimani anglatadi?
Imomöğlining şahar merligi uçun saylovlarda AKR nomzodi ustidan takroriy ğalabasi turk fuqarolarining kayfiyatida röy bergan jiddiy özgarişlarni körsatdi. Erdöğanning özi bir neça bor «Istanbulda ğalaba qozonsang, Turkiyada ğalaba qozongan bölasan» deb aytgan.
Istanbul – Erdöğan ulğaygan, ösmirligida köçada limonad va simit (kunjutli turk kulçalari) sotib, pul işlagan joydir.
Aynan şu yerda u 1970-yillarda siyosiy faoliyatini boşlagan va merlikdan boş vazirgaça va oxir-oqibat prezidentlikkaça bölgan yölni bosib ötgan.
2019 yilda hukmron partiya nomzodining merlik saylovlaridagi mağlubiyati şaxsan prezidentga ham, uning partiyasiga ham oğriqli zarba böldi. Istanbulda 85 millionga yaqin Turkiya aholisining beşdan bir qismi istiqomat qiladi. Şahar mamlakat iqtisodiyotining katta qismi, jumladan, savdo, turizm va moliya uçun javob beradi.
Imomöğli 2023 yilgi prezidentlik saylovlarida iştirok etmoqçi bölgandi, biroq 2022 yilda u Turkiya Oliy saylov kengaşi xodimlarini haqorat qilganlikda ayblangan (u rasmiylarni «ahmoqlar» deb atagan, şu bilan birga özi merni haqorat qilgan Turkiya içki işlar vazirligi rahbari Sulaymon Soyluga javob qaytarganini aytgan).
Uşbu iş böyiça sud unga ikki yil-u yetti oy qamoq jazosi tayinladi, şuningdek, siyosiy faoliyat bilan şuğullanişni taqiqladi. Imomöğli bu hukm ustidan şikoyat qilgan, apellyatsiya sudi hali hukm çiqarmagan.
Imomöğlining siyosiy karerasidagi yuksalişni köpçilik bir paytlar prezident Erdöğan bilan sodir bölgan voqeaga öxşatadi.
Imomöğli 2024 yilda Istanbulda bölib ötgan saylovlarda ğalaba qozonganidan söng, köplab ekspertlar uning siyosiy karerasi bir paytlar Turkiyaning amaldagi prezidenti bilan sodir bölganidek yuksalişini prognoz qilişgan edi.
Siyosatçini Erdöğanga tahdid deb ham atay boşlaşdi. 2023 yilgi saylovlardagi ğalabadan söng Erdöğanning uçinçi prezidentlik muddati boşlandi. Konstitutsiyaga köra, u 2028 yilda prezidentlikka nomzodini qöya olmasligi kerak.
Turkiya rahbarining tanqidçilari esa u yana bir bor prezidentlik lavozimini egallaş uçun konstitutsiyani özgartirişi mumkinligini aytişadi. Keyingi saylovlar 2028 yilga belgilangan bölsa-da, prezidentlik saylovlari ertaroq ötkazilişi ehtimoli yöq emas.
Imomöğli turk saylovçilarini nima bilan öziga jalb qildi?
Saylov kampaniyalari paytida köpçilik Imomöğlini siyosatga yumşoq yondaşuvi va hazil tuyğusi uçun maqtagan. Bu uning Turkiyaning qutblangan siyosiy maydonidagi köplab raqiblarining taktikasidan keskin farq qilardi.
JXPning dunyoviy bazasini kengaytirib, u Turkiyaning dindor va konservativ saylovçilarini ham öz tomoniga jalb qila oldi. An’anaga köra, ular mamlakatda AKR uçun ovoz berişardi, ammo ularning ba’zilari Imomöğli saylovoldi kampaniyasi dasturiga masjidga taşriflarni ham kiritib, yaqinda Istanbulning maşhur Karaköy tumanidagi tarixiy masjidni qayta tiklaş töğrisida e’lon qilganidan keyin Imomöğlini qöllab-quvvatlay boşladi.
U yangi avlod ramziga aylangan — bu avlod davlatni öz qöliga qaytarmoqçi, siyosatni dindan ajratmoqçi va iqtisodiy islohotlar ötkazmoqçi. Imomöğlining şahar hokimi sifatidagi siyosati Erdöğannikidan keskin farq qiladi. Masalan:
U AKR’ga yaqin diniy jamğarmalar, jumladan, Erdöğan asos solgan TÜRGEV jamğarmasiga ajratiladigan davlat subsidiyalarini töxtatdi.
U turli siyosatçilar va AKR a’zolari tomonidan noqonuniy va haddan taşqari qimmat ijara şartnomalari asosida işlatilgan xizmat avtomaşinalari böyiça şartnomalarni bekor qildi — şu yöl bilan Imomöğli Erdöğanning atrofidagilarga manfaat keltirayotgan moliyaviy oqimlarni töxtatdi.
Natijada siyosatçi muntazam ta’qiblarga uçradi — u haqoratlar, Kurdiston işçilar partiyasi [Turkiyada terrorçi taşkilot sifatida tan olingan] bilan aloqalar va korrupsiyada ayblandi.
Yaqinda Istanbul universiteti uning biznes-administrlaş sohasidagi diplomini bekor qildi [göyoki qabul paytidagi qoidabuzarliklar tufayli]. Bu çoralardan közlangan maqsad Akram Imomöğlining prezidentlikka nomzod bölişiga tösqinlik qiliş. Çunki Turkiya konstitutsiyasiga köra, nomzodda oliy ma’lumot bölişi şart.
23 mart kuni sud Imomöğlini sud jarayoni tugaguniça hibsda qoldiriş haqida qaror çiqardi. Unga tegişli quriliş kompaniyasi milliylaştirilmoqda, şahar hokimiyatini esa Erdöğanga yaqin şaxslar egalladi.
Akrom Imomöğli rafiqasi Dilek bilan
Hibsga olingan şahar hokimining rafiqasi Dilek Imomöğli qarşilik harakatining yetakçilaridan biriga aylandi. U oldindan ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, xayriya işlari va saylovoldi kampaniyasida turmuş örtoği bilan birga çiqişlari tufayli maşhur şaxs bölib ulgurgandi.
«Bu — millatga qarşi bevosita hujum va biz kuraşamiz. [...] Bu yerda yagona jinoyatkor — Erdöğan. Mening erimning yagona «aybi» — xalqning yuragini zabt etgani. Va u Turkiyaning keyingi prezidenti böladi», dedi u mitingda.
U şuningdek, Erdöğan hokimiyatda umrbod qoliş uçun Konstitutsiyani özgartirişni istaşayotganini ham ta’kidladi.
23 mart, yakşanba kuni JXP prezidentlikka nomzod uçun ramziy ovoz berdi. Unda 15 million kişi iştirok etdi. Ulardan 13 millioni birdamlik belgisi sifatida Imomöğlini qöllab-quvvatladi, dedi partiya raisi Özğur Özel.