Yöldagi «yama»da çömilgani uçun qamalgan erkak, jinoyat quroli bölgan «Captiva»ning sotilişi, qölga olingan poraxör rahbar va Varşavada örgatilayotgan özbek tili — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Yöldagi kölmakda çömilgan erkak qamaldi

Samarqand viloyati Urgut tumanida yöl örtasidagi kölmakda çömilgan erkak 10 sutkaga qamaldi.

Mazkur voqea aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Videoda D. ismli fuqaro yöllardagi çuqurliklar «basseyn»ga öxşab bosib ketayotgani, bunday çuqurliklarda yomğir yoğib suv töplanganda hattoki çömiliş ham mumkinligini ta’kidlab, kiyimini yeçib, suvga yotib olgan va suzişga uringan.

Köp ötmay uzr sörab videomurojaatda çiqiş qilgan va bu işidan afsusdaligini aytgan. Biroq u baribir jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini buzgani uçun ma’muriy jazoga tortildi.

Sud tomonidan u Ma’muriy javobgarlik kodeksining 183-moddasida körsatilgan huquqbuzarlik — mayda bezorilik böyiça aybli deb topilib, unga 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Jinoyat quroli bölgan Captiva auksionda sotildi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida stadionda odamlar ustiga haydalgan Captiva avtomaşinasi auksion orqali 100 mln sömdan ziyod summaga sotildi. Sotuvdan tuşgan mablağ töliq davlat daromadiga ötkazildi.

Avtomaşina 2024 yil 29 may kuni mast holda haydovçi tomonidan stadionga haydalgan, u yerda odamlar hayoti xavf ostiga qöyilgan edi. Keyinçalik sud qaroriga köra, haydovçi 4 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etilişi, Captiva esa jinoyat quroli sifatida musodara qilinişi belgilangan edi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan uşbu maşina baholanib, 2025 yil 3 mart kuni ötkazilgan auksionda 100 mln 567 ming sömga sotildi.

Garçi sudda haydovçi qilmişi uçun uzr sörab, tavba qilganini aytgan, sudda da’vogarlar ham undan şikoyati yöqligini bildirgan bölsa-da, ammo erkak maşinasining old qismi bilan ikki nafar şaxsni turtib yuborib, voqea joyidan qoçib ketgani oğirlaştiruvçi holat sifatida baholangan.

FVB rahbar örinbosari qamoqqa olindi

Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği örinbosari korrupsiyada ayblanib, qamoqqa olindi. DXX tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida uning pora olişga bölgan urinişi foş etildi.

Ma’lumotlarga köra, mansabdor şaxs quriliş loyihalarini tasdiqlaş, yonğinga qarşi tizimlar böyiça dalolatnomalarni imzolaş va obektlarni qabul komissiyasi orqali topşirişda ijobiy xulosa beriş uçun sistematik ravişda pora olgan.

Pora orqali ötkazilgan obektlar orasida umumiy örta ta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi ham borligi qayd etilgan.

Ayni paytda unga nisbatan Jinoyat kodeksi asosida iş qözğatilib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Poligonlarda ekosanoat zonalari taşkil etiladi

Özbekistonda çiqindi poligonlari hududida çiqindilarni utilizatsiya qiliş va qayta işlaşga ixtisoslaşgan ekosanoat zonalari taşkil etiladi.

Prezidentning şu boradagi farmoniga köra, bunday sanoat zonalari 30 yil muddatga yaratiladi.

Hujjatga asosan, 2030 yilgaça mavjud qattiq maişiy çiqindi poligonlari 50 foizga qisqartiriladi. Yangi çiqindilar esa poligonlarga olib çiqiş taşlaş yöli bilan emas, qayta işlaş yoki yoqiş orqali yöq qilinadi. Bu jarayonda sirkulyar iqtisodiyotga ötiş ustuvor vazifa qilib belgilangan.

2026 yildan boşlab çiqindi poligonlari faqat hukumat qarori bilan taşkil etiladi. Şuningdek, Namangan va Toşkent viloyatlarida termik utilizatsiya loyihalari uçun qariyb 20 gektar suğoriladigan yer sanoat maqsadlariga ötkaziladi.

Varşavada özbek tili örgatiladi

Polşadagi Varşava universiteti ta’lim tizimiga özbek tilini joriy etiş böyiça kelişuvga kelindi.

Bu taşabbus Özbekiston elçixonasi va universitet hamkorligida ötkazilgan tarğibot tadbiri çoğida bildirildi.

Uçraşuvda ikki mamlakat örtasida ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalar muhokama qilindi. Akademik hamkorlikni kengaytiriş, talabalar va öqituvçilar almaşinuvi, ilmiy markazlar örtasida qöşma loyihalarni yölga qöyiş kabi masalalar körib çiqildi.

Polşa tomoni özbek tilini universitet ta’lim dasturlariga joriy etiş taklifini ilgari surdi. Muzokaralarda uşbu taşabbusni amalga oşiriş uçun malakali öqituvçilarni jalb qiliş, Erasmus+ doirasida loyihalar tayyorlaş va Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti bilan memorandum imzolaş rejalaştirildi.